Clément Marot

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Clément Marot (1496-yil 23-noyabr — 1544-yil 12-sentyabr) — fransuz uygʻonish davri shoiri[1].

Klement Marot.

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Clément Marot 1496—1497-yillar qishida (aniq sanasi mavjud emas), Kversi provinsiyasining bosh shahri boʻlmish Kohors shahrida tugʻilgan. Uning otasi Jin Marot (mil. 1463— 1523), asli familyasi Mares, Marais yoki Marets boʻlishi ham mumkin, Kan mintaqasidagi normandiyaliklardan boʻlib, shoirlik uning kasbi edi. Normandiyalik shoir Fransiya qirolichasi Anna (asli Britaniyalik) saroyida eskripvayn (laureat shoir va tarixshunos) lavozimida xizmat qilgan. Klement uning ikkinchi xotinining farzandi edi. Maʼlumotlarga qaraganda Klement Parij universitetida huquq boʻyicha tahsil olgan. Kelib chiqishi normandlarga borib taqaluvchi shoir Jin oʻgʻliga sheʼr yozishning zaʼmonaviy usullarini oʻrgatadi va u bilan jiddiy mashgʻulotlar olib boradi[2].

1514-yilda, qirol Frensis I taxtga kelishidan oldin, Klement unga Minos ustidan hukm asarini taqdim etgan. 1519-yilda sanʼatning 'buyuk homiysi' boʻlmish qirolning singlisi Margaret d’Alenson (keyinchalik Margaret de Neverre) qoʻlida xizmat qilgan. Keyingi yili esa Flandriyadagi lagerda boʻlib, urush dahshatlari haqida yozgan[2].

Margaret qoʻl ostidagi sanʼat ahlini singari Klementni ham oʻzining nafisligi, mehribonligi va aqlli bilan oʻziga rom etgan, ammo ular ishqiy munosabatda boʻlgan deb fikrlash chun hech qanday asos yoʻq. Klement malika saroyida ijod qilgan davrda uning sheʼriy uslubi oʻzgarib, sayozlik darajasi psayib boshlagan edi. U oʻsha paytlardagi baʼzi sheʼrlarida Diana de Pyutre nomli xonim haqida eslab ham oʻtgan[2].

Shu bilan birga, Marot Sorbonna vakili Fransua de Sagon ismli shoir bilan shoirona tarzda bahslashib turgan. Fransuz shoirlari oʻzlarini Marotist(Marot tarafdori) yoki Sagonist nomlari orqali sifatlashar edi. Gʻalaba aql ustinligi bilan Marot tarafida boʻlgan ammo shu tufayli u oʻziga ki’plab dushman orttirgan[2]. Marot oʻzining sherigi Fransua Villonning asarlarini ham tahrir qilgan.

Shoirning tarjimasi hisoblanmish „Zabur“ 1541 va 1543-yillarda qirollik topshirigʻi bilan nashr etilgan boʻlsa-da, cherkov haligacha kitobning fransuz tiliga oʻgirilgan tarjimalarga eʼtiroz bildirgan. 1543-yilda Marot qirolning himoyasiga tayanmaslikka qaror qiladi; shu sababli u Jenevaga jkoʻchib oʻtadi[2]. U yerda oʻz kitobi (Zabur) ustida ishlagandan soʻng, Kalvinning taʼsiri kuchaygach, yana oʻz manzilini oʻzgartirishiga toʻgʻri keladi va Piedmontga joʻnab ketadi. U 1544-yil kuzida Turinda vafot etadi va Fransiyaning Rimdagi elchisi hisobidan shaharda joylashgan cherkovda dafn qilindi.

1731-yilda Avrankes Hyut yepiskopi maqolasi va Per Filloning gravyurasi bilan nashr etilgan.

Nashrlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Marotning eng muhim dastlabki nashrlari 1538 va 1544-yillarda Lionda nashr etilgan. 1596-yilda kitoblarining kengaytirilgan nashri Fransua Mizerre tomonidan tahrirlangan[2]. Parijlik bosmachi Denis Janot ham Marot kitoblarining bir nechta muhim nashrlarini chop etgan.[3] Keyingi davrlarda Nicholas Lenglet Dyu Fresnoy (Gaaga, 1731) va P. Jannet (1868—1872; yangi nashr, 1873—1876), chop etishgan va hozirda ular chop etgan nashr eng zoʻri deya taʼkidlanib kelinadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Tilley, ArthurChapter IV. Marot“,. The Literature of the French Renaissance. Cambridge University Press, 1904 — 53–83 bet. 
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 Saintsbury 1911.
  3. Rawles, Stephen (1976). „An un-recorded edition of the works of Clement Marot printed by Denis Janot“. Bibliothèque d'Humanisme et Renaissance. 38-jild, № 3. 485–88-bet. JSTOR 20675626.