Kontent qismiga oʻtish

Chu vodiysi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Chuy vodiysidan yoʻnaltirildi)

Chu vodiysi - Chu daryosi vodiysining bir kismi, daryoning oʻrta oqimida. Qirgʻiziston va Qozogʻiston Respublikalari hududida. Jan.sharkda Boʻoʻm darasidan shim.gʻarbda Moʻyinkumning sharqiy etagigacha boradi. Uzunligi 200 km chamasida, eni janubi-sharqida 15 km gacha, shim.garbida 90–100 km. Balandligi 500–1200 m. Yer yuzasi daryo qayiri va terrasalaridan iborat. Iklimi keskin kontinental, quruq. Yiliga 250–400 mm yogin (asosan, bahorda) tushadi. Chu vodiysining deyarli hammasi haydalgan va sugʻoriladi, KOʻriq yerlarda boʻz tuprokda chala choʻl va kuruq dasht oʻsimliklari oʻsadi. Chu vodiysi Qirgʻizistonning asosiy qishloq xoʻjaligi rayoni (qandlavlagi, kanop yetishtiriladi; bogdorchilik, tokchilik, gʻallachilik rivojlangan). Sugʻorish kanallari oʻtkazilgan. Chu vodiysi janubida Qirgʻizistonning poytaxti va asosiy sanoat markazi Bishkek shahri joylashgan.