Christian Wolanin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Christian Wolanin
Wolanin Belleville Senators klubida 2019-yil
Tugʻilgan joyi 17-mart 1995-yil (1995-03-17) (29 yosh)
Quebec City, Quebec, Kanada
Boʻyi 6 ft 2 in (188 cm)
Ogʻirligi 185 lb (84 kg; 13 st 3 lb)
Pozitsiyasi himoyachi
Maydondagi joylashgan oʻrni chap qanot
NHL
Sobiq jamoalar
Vancouver Canucks
Ottawa Senators
Los Angeles Kings
Buffalo Sabres
Abbotsford Canucks
Milliy jamoa  AQSh
NHLga kirish drafti 107-oʻrindagi tanlov, 2015
Ottawa Senators
Jamoalardagi faoliyat 2018—hozirgacha

Christian Wolanin (talaffuzi: Kristian Volanin) (1995-yil 17-martda tugʻilgan) — amerikalik (Kanadada tugʻilgan) professional xokkeychi. Christian Wolanin hozirda Amerika Xokkey Ligasining (AHL) „Abbotsford Canucks“ xokkey jamoasida oʻynamoqda. Christian Wolanin „Ottawa Senators“ xokkey klubi safiga 2015-yilgi NHL kirish loyihasida 107-oʻrindagi tanlov asosida qoʻshilgan edi.

Oʻyin faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Christian Wolanin oʻzining xokkeychilik faoliyatini Amerika Qoʻshma Shtatlari Xokkey Ligasida (USHL) „Green Bay Gamblers“ va „Muskegon Lumberjacks“ xokkey klublari bilan boshladi. „Lumberjacks“ xokkey klubi safida Christian Wolanin USHL Ikkinchi Yulduzli jamoasiga tayinlandi[1]. USHLda oʻynaganidan soʻng, Christian Wolanin Shimoliy Dakota universiteti jamoasi safiga qoʻshildi[2].

Shimoliy Dakota universiteti xokkey jamoasi safida Christian Wolanin oʻzining birinchi mavsumida 32 oʻyinda maydonga tushdi[3].

Shimoliy Dakota universiteti xokkey jamoasi bilan uch mavsum oʻynaganidan soʻng, Christian Wolanin „Ottawa Senators“ xokkey klubi bilan ikki yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma imzoladi[4]. Christian Wolanin NHLdagi debyutini 2018-yilning 22-martida "Edmonton Oilers" xokkey klubiga qarshi uchrashuvda (6:2 hisobida mag‘lubiyat) oʻtkazdi[5][6]. Christian Wolanin oʻzining birinchi NHL golini 2018-yil 2-aprelda „Winnipeg Jets“ xokkey jamoasiga qarshi oʻyinda kiritdi[7].

Christian Wolanin 2018—2019-yilgi mavsumining boshini „Ottawa Senators“ xokkey klubining Amerika Xokkey Ligasi (AHL) filiali „Belleville Senators“ xokkey jamoasida oʻtkazdi. Ammo, Christian Wolanin 2018-yil 25-oktyabrda NHLga chaqirildi[8]. 2019-yil 23-yanvarda Christian Wolanin 2019-yilgi AHL All-Star Games ro‘yxatiga qo‘shildi[9].

2019-yil 4-iyulda Christian Wolanin klub bilan yangi ikki yillik 1,8 million dollarlik shartnomaga imzo chekdi[10]. Christian Wolanin ikki yillik shartnoma muddati davomida jarohatlar tufayli koʻpgina oʻyinlarni oʻtkazib yubordi. 2020—2021-yilgi mavsumida Christian Wolanin „Ottawa Senators“ xokkey klubi tomonidan 2021-yil 29-martda Michael Amadio evaziga „Los Angeles Kings“ xokkey klubiga almashtirildi[11].

Christian Wolanin 2021-yil 6-iyulda „Los Angeles Kings“ klubi bilan yangi bir yillik 750 000 dollarlik shartnoma imzolashga rozi boʻldi[12]. „Kings“ klubining 2021-yilgi oʻquv-mashgʻulot yigʻinida qatnashgandan soʻng, Christian Wolanin 2021—2022-yilgi mavsumni uchun asosiy jamoa roʻyxatida qoldi. Lekin, Christian Wolanin 2021-yil 16-oktyabrda „Buffalo Sabres“ xokkey jamoasi safiga qisqa muddatga qoʻshildi[13]. Christian Wolaninning „Sabres“ jamoasi bilan qisqa muddatli faoliyati 2021-yil 1-dekabrda nihoyasiga yetdi[14].

Keyingi mavsumda erkin agent sifatida Christian Wolanin 2022-yil 14-iyulda „Vancouver Canucks“ xokkey jamoasi bilan bir yillik ikki tomonlama shartnoma imzoladi[15].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlari
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2012—2013 Green Bay Gamblers USHL 54 0 8 8 70 4 1 0 1 2
2013—2014 Green Bay Gamblers USHL 23 1 4 5 30
2013—2014 Muskegon Lumberjacks USHL 32 5 16 21 44
2014—2015 Muskegon Lumberjacks USHL 56 14 27 41 107 12 3 5 8 20
2015—2016 University of North Dakota NCHC 32 4 11 15 20
2016—2017 University of North Dakota NCHC 37 6 16 22 37
2017—2018 University of North Dakota NCHC 40 12 23 35 50
2017—2018 Ottawa Senators NHL 10 1 2 3 0
2018—2019 Belleville Senators AHL 40 7 24 31 24
2018—2019 Ottawa Senators NHL 30 4 8 12 6
2019—2020 Belleville Senators AHL 9 1 0 1 7
2019—2020 Ottawa Senators NHL 3 0 0 0 0
2020—2021 Ottawa Senators NHL 15 0 3 3 6
2020—2021 Belleville Senators AHL 1 0 0 0 0
2020—2021 Ontario Reign AHL 2 0 3 3 2
2020—2021 Los Angeles Kings NHL 3 0 0 0 2
2021—2022 Buffalo Sabres NHL 1 0 0 0 0
2021—2022 Ontario Reign AHL 37 1 17 18 22 5 1 3 4 4
2021—2022 Los Angeles Kings NHL 8 1 1 2 2
Jami 70 6 14 20 16

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Jamoa Tadbir Natija Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2019 Qoʻshma Shtatlar WC 7 6 0 0 0 0
2021 Qoʻshma Shtatlar WC 3rd 10 1 5 6 0
Jami 16 1 5 6 0

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „League Names 2014-15 All-USHL Teams“. ushl.com (2015-yil 28-may). 2019-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 29-yanvar.
  2. „CHRISTIAN WOLANIN“. undsports.com. Qaraldi: 2018-yil 23-mart.
  3. „CHRISTIAN WOLANIN“. undsports.com. Qaraldi: 2018-yil 23-mart. „CHRISTIAN WOLANIN“. undsports.com. Retrieved March 23, 2018.
  4. „Senators sign Christian Wolanin to entry-level deal“. sportsnet.ca (2018-yil 21-mart). Qaraldi: 2018-yil 23-mart.
  5. Fraser. „Oilers at Senators preview“. NHL.com (2018-yil 22-mart). Qaraldi: 2018-yil 23-mart.
  6. Warren, Ken. „Christian Wolanin races into NHL debut with Senators“. Ottawa Sun (2018-yil 22-mart). Qaraldi: 2018-yil 23-mart.
  7. Arila. „Senators defenseman Christian Wolanin scores first career NHL goal in loss to Jets“. sportingnews.com (2018-yil 2-aprel). Qaraldi: 2018-yil 23-aprel.
  8. „Senators recall Christian Wolanin from AHL Belleville“. sportsnet.ca (2018-yil 25-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 25-oktyabr.
  9. „More All-Star roster changes announced“. American Hockey League (2019-yil 23-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 29-yanvar.
  10. „Senators sign Christian Wolanin to a two-year contract“. Ottawa Senators (2019-yil 4-iyul). Qaraldi: 2019-yil 4-iyul.
  11. „LA Kings acquire Christian Wolanin from Ottawa in exchange for Michael Amadio“. Los Angeles Kings (2021-yil 29-mart). Qaraldi: 2021-yil 29-mart.
  12. Associated Press. „LA Kings re-sign D Christian Wolanin to 1-year extension“. apnews.com (2021-yil 7-iyul). Qaraldi: 2021-yil 7-iyul.
  13. „Sabres claim Wolanin off waivers from Kings“. Buffalo Sabres (2021-yil 16-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 16-oktyabr.
  14. „Kings claim Wolanin off waivers“. The Sports Network (2021-yil 1-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 1-dekabr.
  15. „Canucks agree to terms with Christian Wolanin“. Vancouver Canucks (2022-yil 14-iyul). Qaraldi: 2022-yil 15-iyul.