Aleksandr Lodigin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Aleksandr Nikolayevich Lodigin [1847.6(18). 10, Tambov viloyati – 1923.16.3] – rus elektrotexnigi. Moskva yunker oʻquv yurtini tugatgan (1867). Koʻmir sterjenli choʻgʻlanma lampa ixtiro qilgan (1872) va shu ixtirosi uchun Avstriya, Bukj Britaniya, Fransiya va Belgiyadan patent olgan. 1890 yilda metall tolali choʻgʻlanma lampaning bir necha turini yaratdi. Shuningdek, metall va rudalar eritadigan elektr pechlar qurdi, elektr tortqi, elektrotermiyaga oid ishlar ham qilgan. 1880– 1905 yillarda chet ellarda yashadi. 1916 yil AQShga ketib, oʻsha yerda vafot etdi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil