Kontent qismiga oʻtish

Chink

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Chink, ching (qozoqcha — shing)

  • qir va balandliklar, supatogʻlarning erozion, denudatsion va tektonik yoʻl bilan hosil boʻlgan tik tushgan baland yon bagʻri, jarlik. Balandligi 300–350 m ga yetadi. Chinklar oldi koʻpincha pastliklar boʻlib, ularni shoʻr va botqoq bosgan boʻladi. Masalan, Ustyurt platosi, Mangʻishlok yarim orol chekkalari Chinklardan iborat;
  • choʻqqi, togʻ tepasi, kimsasiz, qor bosgan toglar.