Nimfa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nimfa (yun. nymphe — lichinka, kelin, qiz) — gʻumbak davriga ega boʻlmagan boʻgʻimoyoklilarning voyaga yetishidan oldingi davri. Kanalar va chala oʻzgarish bilan rivojlanadigan hasharotlar (suvaraklar, chigirtkalar, saratonlar, qandalalar va boshqalar) uchun xos. N. tashqi koʻrinishi bilan voyaga yetgan hayvon (imago)ga oʻxshab ketadi, lekin jinsiy organlari va qanotlari (qanotli hasharotlarda) rivojlanmagan boʻladi. N. bir necha marta poʻst tashlagandan soʻng voyaga yetadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil