Chibil boʻlis

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Chibil boʻlis qirgʻizcha: Чыйбыл болуш, Абдылда бий уулу − (1870-yil Andijon uezdi, Bagʻish boʻlisligi —surgunda vafot etgan) Rossiya imperiyasiga qarshilik harakatlarida faol ishtirok etgan qirgʻiz xalqining qahramoni[1]. Chibil Bagʻish boʻlisligiga boʻlis boʻlib turgan vaqtida mahalliy aholi manfaatlariga qaratilgan koʻplab tadbirlarni amalga oshirgan. Rossiya hukumatining mahalliy xalqqa nisbatan zoʻravonliklariga, ayniqsa qirgʻizlarning unumdor va sugʻoriladigan yerlarini tortib olish siyosatidan norozi boʻlgan[2] Chibil boʻlis 1890-yillarning oʻrtalarida ruslarga qarshi qoʻzgʻolon koʻtarish gʻoyasi bilan chiqdi[3].

Andijon qoʻzgʻoloni[tahrir | manbasini tahrirlash]

18901897 yillarda Rossiya ichki guberniyalaridan koʻchib kelgan va yaxshi yerlarni egallab olgan rus mujiklari bilan qirgʻizlar oʻrtasida keskin toʻqnashuvlar avj oladi. 1897-yil oxirida Ketmontepa, Koʻgart vodiysidagi mingdan oshiq qirgʻizlar yaqinda vafot etgan bir boyning uyida toʻplanishadi. Ularning rahbarlari–volost boshqaruvchisi Chibil boʻlis qozi noibi mulla Rahmatilla mujiklar ustiga hujum rejasini ishlab chiqishadi[4][5][6].

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chibil boʻlis oʻzi bilan surgunga hukm qilinganlar bilan birgalikda Rossiyaning Irkutsk viloyatidagi temir yoʻl tunnelida ishlayotganida ogʻir hastalikka duchor boʻladi. 19071908 yillarda kuydirgidan aziyat chekib vafot etib, uning jasadini vatandoshlari oʻsha yerdagi oʻrmon ichiga koʻmib qoʻyishgan[7].

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chibil boʻlisning rafiqasidan Toʻrageldi, Alpomish, Joʻrabek ismli oʻgʻillari, yana bir rafiqasidan Irisqul, Tabildi ismli oʻgʻli va Qutbiya ismli qizi boʻlgan.

  • Toʻrageldi Andijon qoʻzgʻaloni istirokchisi boʻlgani sababli surgun qilingan. Boshqa manbalarda esa 1916-yildgi qoʻzgʻalonda ishtirok etgani uchun surgunga hukm qilingan[8].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. qirgʻizcha: Кыргыз Тарыхы. Энциклопедия. Мамлекеттик тил жана энциклопедия борбору. Бишкек, 2003. И. Арабаев атындагы Кыргыз мамлекеттик педагогикалык университети
  2. Тарыхый инсандар[sayt ishlamaydi]
  3. qirgʻizcha: Жалал-Абад облусу. Энциклопедия. Мамлекеттик тил жана энциклопедия борбору. Бишкек, 2003
  4. Кыргызско-Андижанскому восстанию 115 лет
  5. Andijon tarixidan lavhalar “SHARQ” NASHRIYOT-MATBAA AKSIYADORLIK KOMPANIYASI BOSH TAHRIRIYATI TOSHKENT–2013
  6. Чыйбыл болуш жана көтөрүлүштүн Көк-Арт очогу
  7. “Saltanatni titratgan kunlar” Toshkent 1998-yil Sayfiddin Jalilov
  8. qirgʻizcha: Анжиян көтөрүлүшү жана кыргыздар Ош–2002