Sayfiddin Jalilov
Sayfiddin Jalilov | |
---|---|
Tavalludi |
1927-yil Andijon, UzSSR, SSSR |
Fuqaroligi | → |
Taʼlimi | Oʻrta Osiyo Davlat universiteti |
Mukofotlari |
Xalqaro Bobur mukofoti[1] |
Sayfiddin Jalilov (1927-yil; Andijon shahri, Oʻzbekiston SSR— 3-oktabr 2019-yil[1]) — boburshunos olim, Andijon davlat universiteti faxriy professori sifatida universitet muzeyida uzoq yillar direktorlik qilib kelgan. Jalilov „Mustaqillikning 10 yilligi“ hamda „Shuhrat“ (1998) kabi medallar sohibidir.
Bolaligi va taʼlim
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sayfiddin Jalilov 1927-yil Andijon shahrida tugʻilgan. Oʻrta Osiyo Davlat universitetining Sharq fakultetiga oʻqishga kirishdan avval 1944—1947-yillar mobaynida pedagogika bilim yurtida tahsil olgan. Universitetni bitirganidan soʻng, 1952—1955-yillarda aspirantura bosqichida oʻqigan.
Mehnat faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jalilov mehnat faoliyatini 1943-yilda Andijon aviatsiya zavodida boshlagan[2]. 1957—1959-yillarda Andijon davlat pedagogika institutida tarix fani boʻyicha dars berdi. Shundan soʻng 1959—1966 yillar mobaynida Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix va arxeologiya ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy xodimi sifatida faoliyat yuritdi. 1965-yilda „Fargʻona vodiysi sugʻorilish sistemasi tarixidan“ nomli mavzuda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Keyinchalik ushbu ilmiy ish asosida Jalilov 1978-yil „Fargʻona vodiysi sugʻorilish tarixi“ nomli kitobini nashrdan chiqardi.
1992-yildan boshlab davlat universitetiga aylangan Andijon davlat pedagogika institutining dotsenti lavozimida ishlash bilan birga 1967—1995-yillar davomida Respublika tarixiy va madaniy yodgorliklarni saqlash jamiyati Andijon boʻlimi rayosatining aʼzosi va sektor mudiri, 1986—1988 yillarda Andijon viloyati muzeylari ilmiy kengashining raisi, Bobur nomli xalqaro jamgʻarma rayosatining aʼzosi sifatida koʻplab ekspeditsiyalarga ishtirok etgan[3].
Ilmiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Olim ilmiy faoliyati davomida 20 dan ortiq monografik tadqiqot, 400 dan ziyod turli mavzulardagi ilmiy-ommabop maqolalarga mualliflik qildi. Ular orasida „Andijon“ (1989), „Boburning Fargʻona davlati“ (1995), „Bobur va Andijon“ (1993), „Saltanatni titratgan kunlar“ (1998), „Bobur va Yuliy Sezar“ (2001), „Sayohatnoma“ (2002), „Buxoriylar qissasi“ (2006)[4], „Buxoro taqdiri“ (2011), „Xurshidabonu. Betakror gʻazalnavis“ (2011)[5], „Shahzoda Bobur“ (2013)[6] kabilarni misol qilib keltirish mumkin.
Sayfiddin Jalilov 2001-yilda AQShning ikki shtati – Indiana va Ohayo universitetlarida Oʻzbekiston va Turkiston tarixi boʻyicha maʼruzalar oʻqigan[7].
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Olim 2019-yil 3-oktabr sanasida uzoq davom etgan hastalikdan so'ng[8] vafot etgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 „Taniqli boburshunos olim Sayfiddin Jalilov vafot etdi“ (uz). Kun.uz (2019-yil 3-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 31-dekabr.
- ↑ „SAYFIDDIN JALILOV“. baburid.uz. Qaraldi: 2023-yil 31-dekabr.
- ↑ Davronbek „Zokirjon Mashrabov, Sayfiddin Jalilov. Buyuk sarkarda e’tiqodi“ (ru-ru). ziyouz.com (2014-yil 17-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 30-dekabr.
- ↑ „Buxoriylar qissasi“. Qaraldi: 2023-yil 31-dekabr.
- ↑ Davronbek „Sayfiddin Jalilov, Xurshidabonu. Betakror g‘azalnavis (2011)“ (ru-ru). n.ziyouz.com (2014-yil 25-avgust). Qaraldi: 2023-yil 30-dekabr.
- ↑ „Shahzoda Bobur“. 2023-yil 30-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-dekabr.
- ↑ „Taniqli boburshunos olim Sayfiddin Jalilov vafot etdi“ (uz). Kun.uz. Qaraldi: 2023-yil 30-dekabr.
- ↑ „Скончался ученый историк Сайфиддин Жалилов“ (ru). upl.uz (2019-yil 3-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 31-dekabr.