Chegara qoʻshinlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Chegara qoʻshinlari (baʼzi davlat larda chegara qoʻriqchilari, chegara soqchilari) — davlatning quruqlikdagi, dengiz va daryo (koʻl)dagi chegaralarini himoya qilishga moʻljallangan qoʻshinlar. Chegara qoʻshinlari davlatlar va ular orasida chegara ayirish yuzaga kelgan qad. davrlardayoq maʼlum shaklda mavjud boʻlgan. Baʼzi davlatlar uz chegaralarida mudofaa devorlari barpo etgan (qarang Buyuk Xitoy devori, Kanpir devor va b.). Mazkur mudofaa devorlarining xar joyxdr joyida qoʻshin (chegara garnizoni) turadigan qoʻrgʻonlar qurilgan. Bu qoʻshinlar viloyat darvozalarini qoʻrikdash, inshootlarni kuzatish, dushman hujum qilgan takdirda mamlakat ichkarisiga bu haqda xabar berish singari vazifalarni bajarganlar. Oʻzbekiston Respublikasida Chegara qoʻshinlari mamlakat chegarasining daxleizligini taʼminlaydi, davlat chegarasining qonunsiz buzilishiga qarshi kurashadi. Chegara qoʻshinlari zamonaviy harbiy texnika vositalari bilan qurollantirilgan. Chegara qoʻshinlarini, asosan, chegarachilar harbiy oʻquv yurtlari zobit kadrlar bilan taʼminlab turadi. Chegara qoʻshinlariga Oʻzbekiston Respublikasi davlat chegaralarini himoya qilish qoʻmitasi mutasaddilik qiladi.