Charles Davies

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Charles Davies Futbol
Umumiy maʼlumotlari
Ism sharifi Charles Desmond

„Charlie“ Davies

Tugʻilgan 25-iyun 1986-yil(1986-06-25)[1][2][3](36 yosh)

Manchester, Nyu-Hempshir, AQSh
Fuqaroligi Flag SShA AQSh
Flag Gambii Gambiya
Boʻyi 178 cm
Vazni 72 kg
Pozitsiyasi hujumchi
Logotip Vikisklada Wikimedia Commonsdagi media fayllar

Charles Desmond „Charlie“ Davies (talaffuzi: Charlz Desmond (Charli) Devis) AQShning Nyu-Xempshir shtatida tugʻilgan. Amerikalik futbolchi hujumchi vazifasini bajaradi. AQSh terma jamoasida oʻynagan.

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Charles Desmond Daviesni futbol bilan uning otasi, gambiyalik Kofi Devis tanishtirgan[4]. U Massachusets shtatining Shimoliy Andover shahridagi Bruks maktabida oʻqigan va 2004-yilda uni tamomlagan. Bu vaqt ichida u oʻzining kichik va katta mavsumlarida mos ravishda 29 ta oʻyinda 30 ta gol urdi. Shundan soʻng u Boston kollejida uch yil oʻynadi. Soʻnggi mavsumda Charles Desmond Davies 16 oʻyinda 15 marta gol urdi. Kollejda oʻqib yurganida, u „Premier Development League“ning Westchester Flames jamoasida ham oʻynagan.

Hammarby[tahrir | manbasini tahrirlash]

Charles Desmond Davies „Ajax“da tekshiruvda edi, lekin 2006-yil dekabr oyida Hammarby bilan birinchi professional shartnomasini imzoladi[5]. Charles Desmond Davies Shvetsiya klubidagi ilk golini 2007-yil 24-iyunda Intertoto kubogida Klaksvíkga qarshi oʻyinda kiritdi. 2008-yilgi mavsumda Charles Desmond Davies 27 oʻyinda 15 ta gol urib, jamoaning asosiy oʻyinchisiga aylandi.

Sochaux[tahrir | manbasini tahrirlash]

2009-yil 10-iyulda Charles Desmond Davies Sochauxga koʻchib oʻtdi[6]. 2009/10-yilgi Fransiya chempionatida u 8 ta oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol urishga muvaffaq boʻldi. 2009-yil 13-oktabrda Charles Desmond Davies jiddiy avtohalokatga uchradi va 15 oydan koʻproq vaqtni oʻtkazib yubordi[7].

DC United[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yil fevral oyida Charles Desmond Davies DC Unitedga ijara asosida qoʻshildi[8]. Klubdagi birinchi oʻyinida, 19-mart kuni „Columbus Crew“ga qarshi oʻyinda u 52-daqiqada zaxiradan maydonga tushib, ikkita gol urdi. 24-iyun kuni u Real Salt Lakega qarshi oʻyindagi simulyatsiya uchun 1000 dollar jarimaga tortildi[9]. 2011-yilda 26 oʻyinda Charles Desmond Davies 11 ta gol urdi, ularning aksariyati mavsumning birinchi yarmiga toʻgʻri keldi. 1-dekabr kuni „DC United“ ijara shartnomasida koʻrsatilganidek, futbolchi sotib olish imkoniyatini faollashtirmasligini eʼlon qildi.

Randers[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yilning yozida Charles Desmond Davies Daniya Superligasining Randers jamoasi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[10]. U „otlar“ safida 22-iyul kuni „Odense“ga qarshi bahsda debyut qilgan.

New England Revolution[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yil 8-avgustda Charles Desmond Davies New England Revolutionga ijaraga berildi[11]. U yangi jamoasidagi debyutini 17-avgust kuni „Chicago Fire“ga qarshi oʻtkazdi[12]. 2014-yil boshida Charles Desmond Davies va Runners oʻrtasidagi shartnoma oʻzaro kelishuv asosida bekor qilindi va oʻyinchi doimiy ravishda New England Revolution lageriga koʻchib oʻtdi[13]. U oʻzining ilk golini 2014-yilning 2-avgustida New York Red Bulls jamoasiga qarshi oʻyinda kiritdi[14].

Philadelphia Union[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yil avgust oyi boshida Charles Desmond Davies Philadelphia Unionga sotildi[15][16]. U yangi jamoasidagi debyutini 6-avgust kuni DC Unitedga qarshi oʻtkazdi. 2017-yilgi mavsum oxirida Philadelphia Union Charles Desmond Davies bilan shartnomani uzaytirmadi[17].

Jamoalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nomi Mamlakat Mavsum
Hammarby IF  Shvetsiya 2007-2009
FC Sochaux Fransiya bayrogʻi Fransiya 2009-2012
DC United (ijara) Birlashgan nemis komandasi bayrogʻi(1960-1968) Germaniya 2011
Randers FC  Denmark 2012 — hozirgacha
New England Revolution Birlashgan nemis komandasi bayrogʻi(1960-1968) Germaniya 2013 — hozirgacha

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Charlie Davies // Transfermarkt.com (mn.) — 2000.
  2. https://www.uslchampionship.com/charlie-davies
  3. CHARLIE DAVIES // Base de Datos del Futbol Argentino (isp.)
  4. Frank Dell'Apa. „Davies and Altidore highlight the new breed of U.S. striker“ (en). ESPN FC (2009-yil 20-iyul). 2016-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 12-noyabr.
  5. „Davies leaves Ajax without offer“ (en). Yanks Abroad (2006-yil 13-dekabr). 2011-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 12-noyabr.
  6. Allen Ramsey. „Davies: Sochaux Want Me To Develop Into A Big Time Player“ (en). Goal.com (2009-yil 10-iyul). 2016-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 12-noyabr.
  7. Jeremiah Oshan. „USMNT's Charlie Davies Makes Sochaux's Gameday Roster For First Time Since Injury“ (en). SB Nation (2010-yil 18-dekabr). 2016-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 12-noyabr.
  8. Travis Clark. „Davies ready for new phase in pro career“ (en). D.C. United (2011-yil 16-fevral). 2016-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 12-noyabr.
  9. Andrew Reeves. „The bigger story behind Charlie Davies' dives“ (en). Deseret News (2011-yil 24-iyun). 2016-yil 14-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 12-noyabr.
  10. Alex Labidou. „The forward, who hasn't featured for the U.S. since 2009, returns to Scandinavia hoping to reignite his career“ (en). Goal.com (2012-yil 6-iyul). 2016-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 12-noyabr.
  11. Ives Galarcep. „Revolution acquire Charlie Davies“ (en). Soccer By Ives (2013-yil 8-avgust). 2016-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 12-noyabr.
  12. „Revolution 2, Chicago Fire 0“ (en). New England Revolution (2013-yil 17-avgust). 2021-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-may.
  13. „Revolution acquires Charlie Davies on permanent basis“ (en). New England Revolution (2014-yil 9-yanvar). 2016-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 12-noyabr.
  14. „FINAL: Red Bulls 2, Revolution 1“ (en). New England Revolution (2014-yil 2-avgust). 2015-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-may.
  15. Colin Stephenson. „Busy Philadelphia Union acquire Charlie Davies from New England Revolution“ (en). MLSsoccer.com (2016-yil 4-avgust). 2016-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 12-noyabr.
  16. „New England Revolution trade Charlie Davies to Philadelphia Union“ (en). ESPN (2016-yil 4-avgust). Qaraldi: 2020-yil 24-may.
  17. „Philadelphia Union Exercise 2018 Options On 11 Players“ (en). Philadelphia Union (2017-yil 1-noyabr). 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 5-may.