Chanh muối

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Chanh muối ni shisha idishlarda tayyorlash jarayoni.

Chanh muối – Laym mevalaridan tayyorlanadigan Vyetnam oshxonasi tuzlangan ichimligi. Uning nomi vyetnam tilida chahn–layn turidagi limon, muối–tuz degan maʼnoni bildiradi. Chanh muốini tayyorlashda koʻp miqdorda layn mevalari shisha idishga tuz bilan bostiriladi va bir necha muddat quyoshda qoldiriladi. Vaqt oʻtib layn mevalari tarkibidagi suv sizib, tuzni eritadi va tuzlangan suyuqlik hosil boʻladi.

Nomlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bir stakan chanh muối ichimligi Da Lat restoranida.

Chanh muối suyuqligiga shakar, oddiy yoki gazlangan suv qoʻshilib isteʼmol qilinadi. Gazlangan suv qoʻshib tayyorlangan boʻlsa, nước chanh muối yoki sodali chanh muối deb ataladi. Nước soʻzi bu yerda suv yoki ichimlik maʼnosida keladi. Nước chanh kompleksida esa bu ichimlik limonad hisoblanadi. Koʻpincha bu ichimlikka nisbatan chanh muối nomi koʻp qoʻllaniladi. Bu esa tuzli limonad, shoʻr limonad deb tarjima qilinadi, u Vyetnam restoranlarining asosiy ichimligi hisoblanadi.

Tayyorlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nyu Yorkdagi Chinatown restoranida limondan tayyyorlangan chanh muối ichimligi.

Ichimlik sifatida isteʼmol qilish uchun chanh muốining kichik boʻlagi poʻstlogʻi va eti bilan birga kesib maydalanadi va stakanga solinadi. Qoshiq bilan aralashtirilib sharbati ezib chiqariladi. Taʼbga qarab boshqa qoʻshimchalar (shakar, tuz, muz) qoʻshib isteʼmol qilinadi.

Ishlatilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻpchilik gazli ichimliklar qatorida chanh muối ham yozgi issiqda tetiklashtiruvchi muzli ichimlik sifatida koʻproq isteʼmol qilinadi. Ammo uni sovuqda issiq hollarda ichilsa, sovuq qotish, shamollashni oldini oladi. Ichimlikdan soʻng idish ostida qoladigan meva boʻlaklarini Vyetnamliklar sevib isteʼmol qiladi[1] .

Vyetnamdan boshqa joylarda chanh muối tayyorlashda layn oʻrnida limon mevalari ishlatiladi. Birinchi ishlab chiqaruvchi kompaniyasi Dan Vo brendi boʻlib, Janubi-Sharqiy Osiyo orqali shisha idishlarda sotiladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]