Chagʻon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Chagʻon — 8-asr boshlarida Xorazmda hukmronlik qilgan xorazmshoh. Poytaxt Fir (Fil) shahri (qarang Kot)sa. xorazmshohning saroyi joylashgan. Manbalarda aytilishicha, xorazmshoh Ch. oʻziga qarshi qoʻzgʻolon koʻtargan xalqqa boshchilik qilgan ukasi Hurzod (Xoʻrzod) ga qarshi kurashish uchun Xorazmga bostirib kirgan arablar lashkarboshisi Qutayba ibn Muslimdan harbiy yordam soʻraydi va oʻz shaharlarining oltin kalitlarini unga yuboradi (711 yil). Hurzod bu paytda oʻz tarafdorlari bilan Mizdahqonda turgan. Xorazmni bosib olishga 2 yilcha tayyorgarlik koʻrgan Qutayba bu ixtilofdan unumli foydalanib, Ibn alAsirning yozishicha, 712 yilda oʻz koʻshini bilan Fir shahriga bostirib kirgan. Qutaybaga qarshi Hurzod qoʻshini mardlik bilan kurashgan. Biroq Hurzod jangda asir olinib oʻldirilgan. Xorazmshoh Ch. Hurzod tarafdorlari va oʻziga qarshi chiqayotgan Hamjir hokimlariga qarshi kurash olib borish uchun yana Qutaybadan yordam soʻraydi. XorazmshohCh. oqibatda arablar hukmronligini tan olib, ularga xiroj toʻlashga majbur boʻladi. Xullas, Ch. hukmronligi davrida Xorazm oʻz mustaqilligini yoʻqotgan. Xorazmshoh Ch.ning qoʻshinlari arablarning Samarkand va boshqa shaharlar ustiga qilgan yurishlarida bir necha marta ishtirok etganlar. Qutayba Xorazmni tark etgach, vatanparvarlar Ch.ni xoinlikda ayblashgan. Sarosimada qolgan Ch. — turklar, soʻngra Qutayba huzuriga qochib borgan.

Adabiyot[tahrir]

  • Istoriya Xorezma, T., 1976.