Catherine Tresa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Catherine Tresa

Tresa 2020-yilda fotosessiya paytida
Tavalludi 10-sentyabr 1989-yil (1989-09-10) (34 yosh)
Faoliyat yillari 2010-hozirgacha

Catherine Tresa Alexander (1989-yil 10-sentyabrda tugʻilgan) hind aktrisasi va modelidir. U oʻz faoliyatini asosan telugu va tamil filmlarida boshlagan. Catherine 2010-yilda Shankar IPS nomli Kannada filmida debyut qilgan. Tresa South Filmfae mukofotlari uchun toʻrt marta nomzodlikka qoʻyilgan.

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Catherine Godfather (2012), Madras (2014), Sarrainodu (2016), Nene Raju Nene Mantri (2017), Kalakalappu 2 (2018) kabi muvaffaqiyatli filmlarda rol ijro etgan.

Catherine Tresa BAAning Dubay shahrida malayali millatiga mansub Frank Mario Alexandr va Tresa Alexandra oilasida tugʻilgan. U nasroniy oilada tarbiyalangan.[1][2] Catherine Dubayda 12-sinfni tamomlagan va oliy maʼlumot olish uchun Bangalorga koʻchib oʻtgan.[3][4] Oʻqish paytida u pianino chalishni oʻrgangan va qoʻshiq aytish, raqsga tushish, konkida uchish va zakovatlarda qatnashgan.[5] Dubayda Tresa Amirliklar Atrof-muhit boʻyicha koʻngilli boʻlgan. 14 yoshida Tresa moda dizayni bitiruvchilari bilan havaskor modellik bilan shugʻullangan.[6] Hindistonga kelganidan keyin u Nalli Silks, Chennai Silks, Fast Track, Josco Jewelers va Deccan Chronicle uchun modellik qiladi. U, shuningdek, Srikantadatta Vodeyarning Maharaja brendi uchun suratga tushgan va Prasad Bidapa bilan Hindiston boʻylab koʻplab rampa shoularida ishtirok etgan.[6][7]

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tresa oʻzining aktrisalik debyutini 2010-yilda Kannada filmi Shankar IPSda Duniya Vijay bilan birga qilgan. Tresa Malayalam filmlari, Thriller va Uppukandam Brothers: Back in Action filmlarida rol ijro etgan.[8] 2011-yilda u kannada filmi Vishnuda rol oʻynadi, filmdagi rolini u „uning haqiqiy hayotiga qarama-qarshi“ ekanligini aytadi.[9]

Undan keyin kinooperator, rejissyor Sethu Sriram tomonidan suratga olingan God Father nomli kannada filmida aktyor Upendra bilan birga rol ijro etgan. Tresaning filmdagi qahramoni yoshi kattaroq aqli zaif ayol obrazi edi.[10] Uning ijrosi 60-chi „Eng yaxshi yordamchi ayol roli“ uchun Filmfare mukofotlariga sazovor boʻlgan.

Catherine rejissyori Neelakanta boʻlgan Chammak Challo filmida suratga tushgan, unda „shaharlik, jasur va harakatchan qiz“ rolini oʻynagan.[11] U 2013-yil fevral oyida chiqarilgan va kassada muvaffaqiyatsizlikka uchragan[12], ammo uning roli eʼtiborga olingan va ijobiy sharhlar olgan. APHerald.com uni „tomosha qilish uchun zavq“ deb aytadi[13],123telugu.com sayti esa „u, kelajakda super yulduz boʻlish imkoniyatiga ega“ ekanligini taʼkidlagan.[14]

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tresa Kalakalappu 2 filmining matbuot yigʻilishida.
Yil Nom Rol(lar) Til Manba
2010 Shankar IPS Shilpa Kannada [15]
The Thriller Meera Malayalam
2011 Uppukandam Brothers Back in Action Vinila Sathyaneshan Malayalam
Vishnu Kannada
2012 Godfather Vaani Kannada
2013 Chammak Challo Sunaina Telugu
Iddarammayilatho Akansha Telugu [16]
2014 Paisa Noor Telugu [17]
Madras Kalaiarasi Tamil [18]
Errabus Raji Telugu [19]
2015 Rudhramadevi Annambika Telugu [20]
2016 Kathakali Meenu Kutty Tamil [21]
Kanithan Anu Tamil [22]
Sarrainodu MLA Hansitha Reddy Telugu [23]
2017 Kadamban Rathi Tamil [24]
Goutham Nanda Mugdha Telugu [25]
Nene Raju Nene Mantri Devika Rani Telugu [26]
Jaya Janaki Nayaka Oʻzi Telugu [27]
Katha Nayagan Kanmani Tamil [28]
2018 Kalakalappu 2 Hema Tamil [29]
2019 Vantha Rajavathaan Varuven Priya Tamil [30]
Neeya 2 Divya Tamil [31]
Aruvam Jyothi Tamil [32]
2020 World Famous Lover Smita Telugu [33]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „This Diwali, I will light a diya wishing for the world to be Covid-free: Catherine Tresa“. The Times of India (2020-yil 14-noyabr).
  2. „Catherine Tresa is truly multi-faceted“. 123telugu.com. 2013-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 19-aprel.
  3. Raghavan, Nikhil. „Kottayam to Kollywood“. The Hindu (2014-yil 20-sentyabr).
  4. „Catherine Exclusive Interview“. supergoodmovies.com (2011-yil 11-iyul). 2011-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  5. „Riding high“. The Hindu. 2012-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 7-noyabr.
  6. 6,0 6,1 „Catherine Tresa rocks the bikini look!“. Southscope.in (2012-yil 8-avgust). 2013-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 8-sentyabr.
  7. „Catherine Heroine In S Narayan Movie“. 2015-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 7-noyabr.
  8. „Delectable Catherine again!“. Indiaglitz. 2013-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 7-noyabr.
  9. „THUNDER THIES CATHERINE IS WONDER TOO!“. 2013-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 7-noyabr.
  10. „Catherine Teresa gushes about Upendra's Godfather“. Oneindia. 2012-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 7-noyabr.
  11. „Interview With Katherine Teresa“. 2012-yil 12-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 7-noyabr.
  12. „Iddarammayilatho actress Catherine Teresa exclusive interview“. The Times of India (2013-yil 17-aprel). 2013-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 8-sentyabr.
  13. „Chammak Challo Telugu Movie Review, Rating“. Apherald.com. 2013-yil 17-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 8-sentyabr.
  14. „Review : Chammak Challo – Nothing flashy about this“. 123telugu.com (2013-yil 15-fevral). 2013-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 8-sentyabr.
  15. „Bewitched by glam“. Deccan Herald (2010-yil 5-yanvar). 2020-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-aprel.
  16. „My character in Idddarammayilatho is very glamorous“. Rediff.com (2013-yil 29-may). 2020-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-aprel.
  17. „Catherine Tresa plays Muslim girl Noor in Paisa film“. idlebrain.com (2013-yil 20-mart). Qaraldi: 2014-yil 7-fevral.
  18. „Karthi's dedication amazes me: Catherine Tresa“. Deccan Chronicle (2014-yil 29-iyun). 2018-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-aprel.
  19. „Catherine Tresa cast opposite Vishnu Manchu“. The Times of India (2017-yil 15-yanvar). 2015-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-aprel.
  20. „'Rudhramadevi' to release on October 9“. The Indian Express (2015-yil 31-avgust). 2020-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-aprel.
  21. „When team kathakali came calling“. Deccan Chronicle (2016-yil 14-yanvar). 2020-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-aprel.
  22. „Post Madras, Catherine Tresa to play journo in Kanithan“. Hindustan Times (2014-yil 16-oktyabr). 2020-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-aprel.
  23. „Worked with lot of positivity on 'Sarrainodu': Catherine Tresa“. Business Standard (2016-yil 19-aprel). 2020-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-aprel.
  24. „Catherine Tresa: Kadamban is the toughest project in my career“. sify (2017-yil 17-aprel). 2020-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-aprel.
  25. „Catherine Tresa's glam avatar in Gautham Nanda“. The New Indian Express (2017-yil 20-iyul). 2020-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-aprel.
  26. „'Nene Raju, Nene Mantri' breaks many stereotypes: Catherine Tresa“. Business Standard (2017-yil 11-iyul). 2020-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-aprel.
  27. „Jaya Janaki Nayaka's highlight is Catherine Tresa“. The Hans India (2017-yil 2-avgust). 2020-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-aprel.
  28. „The romance on screen was natural: Catherine Tresa“. Deccan Chronicle (2017-yil 8-sentyabr). 2020-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-aprel.
  29. „Catherine Tresa joins Kalakalappu 2“. Cinema Express (2017-yil 24-sentyabr). 2020-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-aprel.
  30. „Catherine Tresa to play one of the leads in Sundar C- Simbu film“. The News Minute (2018-yil 5-oktyabr). 2020-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-aprel.
  31. „Raai Laxmi, Catherine Tresa to fight for Jai in 'Neeya 2'“. sify. 2020-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-aprel.
  32. „Catherine Tresa 'roped in' 35kg heavy costume for 'Aruvam'“. The New Indian Express (2019-yil 15-oktyabr). 2020-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-aprel.
  33. „Vijay Deverakonda can't take his eyes off of Catherine Tresa and Raashi Khanna“. Daily News and Analysis (2019-yil 16-dekabr). 2019-yil 16-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 11-aprel.