Bangalor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bangalor, Bengaluru — Hindiston jan.dagi shahar, Karnataka shtatining maʼmuriy markazi. T. y. va avtomobil yoʻllari tuguni. Aholisi 2,7 mln. kishi (1991). Mamlakatning muhim sanoat, fan va madaniyat markazi. Mashinasozlik (samolyotsozlik, stanoksozlik, telefon va elektr asbob-uskunalari) sanoati, toʻqimachilik, koʻp poyabzal, sovungarlik, farmatsevtika korxonalari bor. Hunarmandchilik rivojlangan, chinni va shisha buyumlar ishlab chiqariladi. Kosmik tadqiqotlar markazi. Kurort joy, botanika boga bor. Shahar 16- a.da vujudga kelgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil