Cannibal Corpse
![]() | |
---|---|
![]() Cannibal Corpse | |
Kelib chiqishi | Buffalo, Nyu-York shtati |
Mamlakat | AQSh |
Faoliyat | 1988 yildan |
Janr | Death Metal |
Leybl | Metal Blade, Sony BMG |
Tarkib | George "Corpsegrinder" Fisher Pat O'Brien Rob Barrett Alex Webster Paul Mazurkiewicz |
Sobiq aʼzolar | Jeremy Turner Jack Owen Bob Rusay Chris Barnes |
Veb-sahifa | www.cannibalcorpse.net |
Cannibal Corpse (kannibal va ingl. corpse — «murda» soʻzlaridan) 1988 yilda tashkil topgan amerikalik death metal guruhidir. Guruh shu kunga qadar oʻnta studiya albomi, bitta toʻplam hamda bitta jonli konsertdan albom chiqardi. Cannibal Corpse radio yoki televideniyeda deyarli rotatsiyada boʻlmagan boʻlsa-da, 1991 yilgi Butchered at Birth va 1992 yilgi Tomb of the Mutilated albomlari ortidan ularga katta shuhrat kela boshladi. Cannibal Corpse dunyo boʻylab 1 million atrofida[1] (shulardan 558,929 tasi AQShda[2]) albom pullab, eng koʻp sotiladigan death metal guruhlaridan biri boʻldi.
Cannibal Corpse faoliyatida thrash metal guruhlari (Slayer kabi), boshqa death metal guruhlari (Kreator kabi) taʼsiri seziladi. Cannibal Corpse ashulalari asosan zoʻrlash, qotillik, qiynoq va oʻlim mavzularidadir. Shu yuzdan guruh ijodi xalqaro senzuraga duch keldi. Guruhning baʼzi konsertlari va ashulalari taqiqlangan.[3]
Tarixi[tahrir]
Cannibal Corpse New York death metal guruhlari — Beyond Death (Webster, Owen), Leviathan (Barnes) va Tirant Sin (Barnes, Rusay, Mazurkiewicz) aʼzolaridan tuzilgan. Guruh ilk bora 1989-yil aprelida Buffalo's River Rock Cafesida konsert berdi. Bir yildan soʻng guruh Metal Blade Records leybli bilan uzoq muddatlik shartnoma imzoladi.
Cannibal Corpse tarkibi bir necha bor oʻzgargan. 1993-yilda gitarachi Bob Rusay guruhni tark etdi, uning oʻrniga Rob Barrett keldi. 1995-yili vokalchi Chris Barnes guruhdan ketdi (hozirda Six Feet Under guruhi tarkibida) va George Fisher uning joyini egalladi. 1997-yilda Barrett guruhdan chiqdi, uning oʻrniga Pat O’Brien kelib qoʻshildi. Gitarachi Jack Owen 2004-yili Cannibal Corpsedan ketdi (hozirda Deicide guruhida), uni vaqtinchalik Jeremy Turner almashtirib turdi. Barrett 2005-yili guruhga qaytib keldi.
Guruh 2007-yil noyabrida yangi albom ustida ish boshladi.[4] Bu albom 2008-yil oxirida chiqarilishi kutilmoqda.[5]
Tanqidi[tahrir]
Cannibal Corpse ashulalari zoʻravonlik mavzularini yoritgani uchun tanqid ostiga olingan.[6] Albom muqovalarida haddan tashqari vahshiylik tasvirlangani uchun guruh 2006-yilgacha Olmoniyada taqiqlangan edi.[7]
Bu kabi tanqidlarga javoban guruh aʼzolari oʻz qoʻshiqlarining qoʻrqinch filmlardan farq qilmasligi, ulardan-da vahshiyroq emasligini taʼkidlashadi.[8]
![]() |
|
Faylga murojaat etishda muammo bormi? Qarang: Multimedia. |
Qiziqarli faktlar[tahrir]
- Cannibal Corpse Ace Ventura: Pet Detective filmida ijro etishgan.
- Aktyor Jim Carreyning yaxshi koʻrgan guruhi — Cannibal Corpse.[9]
Diskografiyasi[tahrir]
Studiyaviy albomlar[tahrir]
Yil | Albom | Leybl |
---|---|---|
1990 | Eaten Back to Life | Metal Blade Records |
1991 | Butchered at Birth | Metal Blade Records |
1992 | Tomb of the Mutilated | Metal Blade Records |
1996 | Vile | Metal Blade Records |
1998 | Gallery of Suicide | Metal Blade Records |
1999 | Bloodthirst | Metal Blade Records |
2002 | Gore Obsessed | Metal Blade Records |
2004 | The Wretched Spawn | Metal Blade Records |
2006 | Kill | Metal Blade Records |
Jonli ijro albomlari[tahrir]
Yil | Albom | Leybl |
---|---|---|
2000 | Live Cannibalism | Metal Blade Records |
Manbalar[tahrir]
- ↑ Cannibal Corpse: 134 Records Sold, archived from the original on 2007-09-30, https://web.archive.org/web/20070930154522/http://www.roadrun.com/blabbermouth.net/news.aspx?mode=Article&newsitemID=15938, qaraldi: 2007-08-18
- ↑ Itʼs Official: Cannibal Corpse are the Top-Selling death metal Band of the Soundscan Era, archived from the original on 2007-12-11, https://web.archive.org/web/20071211000728/http://www.roadrun.com/blabbermouth.net/news.aspx?mode=Article&newsitemID=16769, qaraldi: 2007-08-18
- ↑ Decibel Magazine
- ↑ Cannibal Corpse to begin writing new album in November, archived from the original on 2008-06-12, https://web.archive.org/web/20080612184333/http://www.roadrunnerrecords.com/blabbermouth.net/news.aspx?mode=Article&newsitemID=68428, qaraldi: 2008-08-01
- ↑ Interview with Paul M. of Cannibal Corpse (Metal Underground)
- ↑ Cannibal Corpse — Australian Tour Sparks Outrage
- ↑ Chicago InnerView, archived from the original on 2004-06-16, https://web.archive.org/web/20040616052903/http://www.chicagoinnerview.com/archives/feb04_cannibal_corpse.htm, qaraldi: 2008-08-01
- ↑ Interview: George «Corpsegrinder» Fisher — 2004
- ↑ Jim Carrey — Biography
Havolalar[tahrir]
Cannibal Corpse |
Guruh tarkibi |
---|
George "Corpsegrinder" Fisher • Pat O'Brien • Rob Barrett • Alex Webster • Paul Mazurkiewicz Chris Barnes • Jack Owen • Bob Rusay • Jeremy Turner |
Diskografiya |
Studiyaviy va Konsert albomlari: Eaten Back to Life · Butchered at Birth · Tomb of the Mutilated · The Bleeding · Vile · Gallery of Suicide · Bloodthirst · Gore Obsessed · The Wretched Spawn · Kill · Live Cannibalism |
Termalar: Hammer Smashed Face · Worm Infested |
Videorelizlar va box-setlar |
Monolith of Death Tour '96-'97 · Live Cannibalism · Centuries of Torment: The First 20 Years · 15 Year Killing Spree |
Shuningdek |
Mavzular va aloqador guruhlar: Death metal · Six Feet Under · Monstrosity · Malevolent Creation · Deicide · Paths of Possession |