Kannibalizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Os Filhos de Pindorama. Cannibalism in Brazil in 1557.jpg

Kannibalizm ( fransuzchada cannibale, ispanchada canibal) — biologiyada hayvonlarning ozuqa yetishmovchiligi natijasida o'z turidagilarni yeyishi. Masalan, bo'rilar tug'gan bolalarini, ba'zi qo'ng'izlar esa tuhumlarini. Evolyutsiya jarayoni natijasida kelib chiqgan doimiy kannibalizm ham mavjud (qoraqurtlar va beshikterbatarlarning urg'ochilari, ularni urug'lagan erkaklarini yeyishi).

Kannibalizm (frans. cannibale — odamxoʻr) — odam goʻshtini odam yeyishi. Tosh davrining eng qadimgi bosqichida yashagan ibtidoiy odamlarga xos. Keyinchalik oziq-ovqat resurslari koʻpaygach, ocharchilik vaqtlaridagina kamdan-kam uchraydigan hodisa sifatida saqlangan. Biroq diniy kannibalizm odamlar orasida ancha vaqt saqlanib qolib, odamlar oʻldirilgan dushmanlar, oʻlgan qarindoshlar jasadlarining turli qismlarini yeyishgan; bu hodisa odamlar oʻlikning kuch-quvvati va boshqa xususiyatlari uning goʻshtini yegan odamga oʻtadi degan qarashlar natijasida kelib chiqqan[1].

Biologiyada "odamxo'r" va "kannibal" tushunchalari bir xil ma'noni anglatmaydi. Bunda kannibal deb o'z turiga mansub hayvonlarni yeydigan hayvonlarga, odamxo'r deb esa odam yeydigan yirtqichlarga aytiladi.

Nomining kelib chiqishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kannibal so'zi kaniba so'zidan kelib chiqqan bo'lib, Bagama orollarining aholisi Xristofor Kolumbni odamxo'r ma'nosida Kaniba der edilar. Gerrerga ko'ra esa "canibal" so'zi "jasur" ma'nosini anglatadi.

Shuningdek[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil