Caleb Watts

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Caleb Watts
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Caleb Cassius Watts[1]
Tavallud sanasi 16-yanvar 2002-yil (2002-01-16) (22 yosh)[2]
Tavallud joyi Essex, Angliya
Boʻyi 1.71 m[3]
Ampluasi yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Morecambe (ijara)
Raqami 17
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000—2018 Queens Park Rangers
2018—2021 Southampton
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2021 Southampton 3 (0)
2022Crawley Town (ijara) 1 (0)
2022Morecambe (ijara) 4 (0)
Milliy terma jamoa
2019

Avstraliyaning 17 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi
7 (1)
2021

Avstraliyaning 23 yoshgacha boʻlgan

oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi
8 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 4-sentyabr uchun)

Caleb Cassius Watts (talaffuzi: Kaleb Kassius Uotts) (2002-yil 16-yanvarda tugʻilgan) — avstraliyalik professional futbolchi. Caleb Watts „Morecambe“ futbol klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi oʻyin faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Southampton[tahrir | manbasini tahrirlash]

Caleb Watts oʻzining futbolchilik faoliyatidagi birinchi professional shartnomasini 2019-yil iyul oyida imzoladi[4]. 2021-yil 19-yanvarda Caleb Watts Angliya kubogi doirasidagi „Southampton“ futbol klubining „Shrewsbury Town“ futbol klubi ustidan gʻalaba qozongan oʻyinida oʻzining ilk professional oʻyinini oʻtkazdi[5]. Bir hafta oʻtgach, Caleb Watts Angliya Premer-ligasidagi debyut oʻyinini oʻtkazdi. Bu oʻyinda „Southampton“ futbol klubi "Arsenal" futbol klubiga 3:1 hisobida imkoniyatni boy berdi[6]. Bu oʻyindan soʻng, Caleb Watts Angliya Premer-ligasida oʻynagan 52-avstraliyalik futbolchi boʻldi[7].

2022-yil 12-yanvarda Caleb Watts 2021—2022-yilgi mavsumning qolgan qismi uchun „Crawley Town“ futbol klubi safiga qoʻshildi[8]. Caleb Watts 2022-yilning 15-yanvarida „Carlisle United“ futbol klubiga qarshi oʻyinning 63-daqiqasida zaxiradan maydonga tushib, oʻzining yangi klubdagi ilk oʻyinini oʻtkazdi[9].

2022-yil 23-iyunda Caleb Watts „Morecambe“ futbol klubi safiga 2022—2023-yilgi mavsum uchun ijara shartnomasi asosida qoʻshildi[10].

Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati martaba[tahrir | manbasini tahrirlash]

Caleb Wattsning otasi avstarliyalik hisoblanadi. Oʻzi esa Angliyada tugʻilgan. Shuning uchun Caleb Watts Angliya va Avstraliya davlatlariga xalqaro miqyosda vakillik qilish (futbol oʻyinida) huquqiga ega[11][12]. Caleb Watts 2019-yilgi 17 yoshli futbolchilar oʻrtasidagi FIFA Jahon chempionati uchun Avstraliyaning 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy futbol terma jamoasi safiga kiritilgan[13].

Caleb Watts terma jamoa bilan 2020-yilgi Tokio Olimpiadasiga yoʻllanma olgan. Bu jamoa guruhdagi birinchi oʻyinida Argentina terma jamoasini magʻlub etdi, ammo boshqa oʻyinda gʻalaba qozona olmadi va shu sababli medallar uchun kurashda qatnashmadi[14].

Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar
Klub Mavsum Liga Angliya kubogi EFL kubogi Boshqa Jami
Boʻlim Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Southampton 2020—2021[15] Angliya Premer-ligasi 3 0 1 0 0 0 0 0 4 0
2021—2022[16] Angliya Premer-ligasi 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
Jami 3 0 1 0 0 0 0 0 4 0
Crawley Town (ijara) 2021—2022[16] Ikkinchi liga 1 0 0 0 0 0 0 0 1 0
Morecambe (ijara) 2022—2023[17] Birinchi liga 4 0 0 0 2 0 1 1 7 1
Umumiy 8 0 1 0 2 0 1 1 12 1

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „2020/21 Premier League squads confirmed“. Premier League (20-oktabr 2020-yil). Qaraldi: 25-oktabr 2020-yil.
  2. „FIFA U-17 World Cup Brazil 2019: List of Players: Australia“. FIFA (31-oktabr 2019-yil). 27-dekabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  3. „Squad list - Men's Olympic Football Tournament Tokyo 2020“. FIFA. Qaraldi: 8-iyul 2021-yil.
  4. „Four youngsters sign professional deals“. Southampton FC (17-iyul 2019-yil). Qaraldi: 20-yanvar 2021-yil.
  5. „Southampton 2–0 Shrewsbury Town“. BBC Sport (19-yanvar 2021-yil). Qaraldi: 20-yanvar 2021-yil.
  6. „Arsenal fight back to clinch victory“. Southampton F.C. (26-yanvar 2021-yil). 2021-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-yanvar 2021-yil.
  7. Rosengarten. „Aussie teen Caleb Watts makes Premier League debut in Southampton's 3-1 loss to Arsenal“. sport.optus.com.au (2021-yil 27-yanvar). Qaraldi: 27-yanvar 2021-yil.
  8. „Watts heads to Crawley on loan“. Southampton FC (12-yanvar 2022-yil). 2022-yil 12-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-yanvar 2022-yil.
  9. Crocker, Tom. „Saints' Caleb Watts suffers injury on Crawley Town debut“ (inglizcha). Daily Echo (17-yanvar 2022-yil). Qaraldi: 17-yanvar 2022-yil.
  10. „Watts joins Morecambe on loan“. Southampton FC (23-iyun 2022-yil). Qaraldi: 30-iyun 2022-yil.
  11. Rugari. „The promising teenager who doubled Australia's EPL contingent“. The Sydney Morning Herald (27-yanvar 2021-yil).
  12. „'He's a wonderful talent' - Aussie teen praised after impressive Saints debut“. The World Game (20-yanvar 2021-yil). Qaraldi: 20-yanvar 2021-yil.
  13. „Trevor Morgan names Australia's Brazil-bound boys“. Socceroos (3-oktabr 2019-yil). Qaraldi: 20-yanvar 2021-yil.
  14. „Australian Olympic Team for Tokyo 2021“ (inglizcha). The Roar. Qaraldi: 2-mart 2022-yil.
  15. „Games played by Caleb Watts in 2020/2021“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 15-mart 2021-yil.
  16. 16,0 16,1 „Games played by Caleb Watts in 2021/2022“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 17-yanvar 2022-yil.
  17. „Games played by Caleb Watts in 2022/2023“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 7-avgust 2022-yil.