CERN
Jump to navigation
Jump to search
Ovroʻpa Yadroviy Tadqiqotlar Tashkiloti Organisation européenne pour la recherche nucléaire | |
---|---|
Turi | Xalqaro tashkilot |
Sanoat | Zarrachalar fizikasi |
Ishga tushgan sanasi | 29-sentabr, 1954 |
Joylashuvi | Jeneva, Shveysariya |
Xoʻjayinlar | Fabiola Gianotti |
Vebsayti | www.cern.ch |
CERN (talaffuzi: sern; Ovroʻpa Yadroviy Tadqiqotlar Tashkiloti) 1954-yili[1] tuzilgan xalqaro ilmiy tashkilot boʻlib, yadroviy fizika, xususan zarrachalar fizikasi sohasidagi tadqiqotlar bilan shugʻullanadi.
CERN nomi tashkilotning eski atalishi: fransuzcha: Conseil Européen pour la Recherche Nucléaire (Ovroʻpa Yadroviy Tadqiqotlar Kengashi) dan kelib chiqqan.
CERN dunyodagi eng katta zarrachalar fizikasi laboratoriyasi - Katta Adron Kollayderini ishlatadi.
Tadqiqotlar[tahrir]
CERN laboratoriyalarida qator muvaffaqiyatli tajribalar oʻtkazilib, muhim kashfiyotlar qilingan. Masalan:
- 1973: Gargamelle pufak kamerasida neytral tok ochilgan.[2]
- 1983: UA1 va UA2 tajribalarida W va Z bozonlar topilgan.[3]
- 1995: PS210 tajribasida antimateriya (antivodorod atomlari) olingan.[4]
- 2011: Antivodorod 15 daqiqagacha saqlanib turilgan.[5]
- 2012: Massasi 125 GeV bozon topilgan, u uzoq kutilgan Higgs bozoni xossalarini tashiydi.[6]
Bundan tashqari, CERNda asosiy dasturga kirmaydigan izlanishlar ortidan Tim Berners-Lee ishtirokida World Wide Web ixtiro etilgan.[7]
Manbalar[tahrir]
- ↑ CERN.ch. Public.web.cern.ch. 20 November 2010.
- ↑ CERN.ch. Public.web.cern.ch. 20 November 2010.
- ↑ CERN.ch La. Public.web.cern.ch. 20 November 2010.
- ↑ CERN.ch. Public.web.cern.ch. 20 November 2010.
- ↑ Jonathan Amos [6 June 2011]BBC © 2011 Retrieved 2011-06-06
- ↑ http://press.web.cern.ch/press/pressreleases/Releases2012/PR17.12E.html
- ↑ CERN.ch. Public.web.cern.ch. 20 November 2010.
Havolalar[tahrir]
![]() |
Wikimedia Commonsda CERN mavzusiga oid fayllar bor. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |