Byudjet yili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Byudjet yili — qonuniy ravishda tasdiklangan davlat byudjeti rejasining bajarilishi belgilangan muayyan davr, muddat (toʻliq bir yilni oʻz ichiga oladi). Asosan Byudjet yili davlatlarda kalendar yili bilan boshlanadi va tugaydi. Ayrim mamlakatlarda esa boshqa muddatlar amal qiladi (mas, Buyuk Britaniya, Yaponiyada Byudjet yili kalendar yilining 1 apreldan boshlanib kelgusi yilning 31 martigacha, Kanadada 1 iyuldan kelgusi yilning 30 iyunigacha, AQShda 1 okt.dan kelgusi yilning 30 sentabrgacha, Turkiyada 1 martdan kelgusi yilning 28 fevralgacha davom etadi). Keyingi vaqtda koʻpchilik davlatlar hisobkitoblarni osonlashtirish maqsadida kalendar yili bilan boshlanadigan Byudjet yili ga oʻtmoqsalar, jumladan Oʻzbekistonda ham Byudjet yili kalendar yiliga muvofiq keladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil