Buxoro tunshapalagi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Buxoro tunshapalagi
Buxoro tunshapalagi
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar
Tip: Sutemizuvchilar


Buxoro tunshapalgi[tahrir | manbasini tahrirlash]

(Бухарская ночница,Bokhara Whiskered Bat,Myotis bucharensis Kuyakin,1950) — Butunlay yoʻq boʻlib ketish arafasida turgan(balki yoʻq boʻlib ketgan), lokal tarqalgan oʻtroq tur. TMXI Qizil roʻyxatiga kiritilgan.

Tarqalishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oloy tizmasi(Shohimardon qishlogʻi atroflari),Nurota,Zarafshon tizmasi,Ugom,Piskom daryosi vodiylari,Toshkent shahar atroflari.O'zbekistondan tashqarida:

  • Oʻrta Osiyo mamlakatlari
  • Qozogʻiston
  • Eron
  • Afgʻoniston
  • Pokiston
  • Yevropa
  • Shimoliy Afrika
  • Turkiya
  • Arabiston

Kabi davlatlarda boshqa kenja turlari mavjud.

Tashqi ko'rinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tanasining uz. 3,5— 8 sm, yungi qoʻngʻirjigarrangda. Qulogʻi uzun va uchli. Tunda faol.Markaziy Osiyo hududida taqaburun,mitti  ko’rshapalak, shalpangquloq ko’rshapalak, quloqdor shomshapalak va  

tunshapalak tarqalgan.

Yashash joylari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Teksiliklar, togʻ etaklari va 2500 metrgacha boʻlgan oʻrta qismlari, vohalarda yashaydi.

Soni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Doimo kam boʻlgan. Odatda, yakka holda eki kichik galallarda(3-15 ta) uchraydi, baʼzan 300 tagacha qushdan iborat koloniya hosil qiladi. Soʻnggi oʻnyilliklarda soni keskin kamayib ketdi.

Yashash tarzi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aprel-oktyabr oylarida kechalari faol, kunduzi tashlandiq binolarda, gʻorlarda, qoyalar kovaklarida, qiya kovlangan eski yer osti yoʻllarida berkinadi, oʻsha yerda qishlaydi. Bahorgi va kuzgi koʻchish doirasi — 10 km gacha. Sentyabr-oktyabrda, baʼzan aprel oyida uftlashadi. Urgʻochilar bahor va yozda koloniyalar hosil qiladi. Iyul oyida blalaydi(1-2).Bolalari iyul-avgust oyida uchirma boʻladi,2 qishlovdan soʻng jinsiy voyaga yetadi. Qoʻshqanotlilar, mayda tangaqanotlilar va boshqa hasharotlar bilan oziqlanadi.

Cheklovchi omillar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yashirinadigan joylarida bezovta qilinishi, yashash joylariningdegradatsiyasi.

Buxoro tunshapalagi va shu turkumga mansub bo'lgan kichik taqaburun,oq qorinli o'q quloq va keng quloqli qat-qat lab O'zbekiston Respublikasi Qizil(Fauna) kitobiga kiritilgan.

Koʻpaytrish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻpaytirlimagan

Muhofaza choralari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ugom-Chotqol milliy tabiat bogʻi,Nurota,Hisor qoʻriqxonalarida muhofaza ostiga olingan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

[1] [2]

  1. Ahmedov. Buxoro tunshapalagi. Chinor ENK — 297 bet. 
  2. „Oʻzbekistonning hayvonot dunyosi“. wikiwand.com. Qaraldi: 14-iyul 2023-yil.