Buxoro Amirligi bayrog‘i

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Buxoro Amirligi bayrogʻi
Qabul qilindi 1868
Bayroq mualliflari amir Muzaffar

Buxoro Amirligi bayrogʻi yoki Buxoro Amirining bayrogʻi Buxoro amirligining rasmiy davlat ramzi va Amirning bayrogʻi boʻlgan. Bayroq 1868-yilda amir Muzaffar tomonidan tasdiqlangan va 1920-yilda BXSR tashkil etilgandan keyin bekor qilingan[1][2].

Ifodalanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bayroq och yashil rangdagi toʻgri toʻrtburchak matodan tikilgan boʻlib, Amir nomi arabcha harflar bilan mil boʻylab oltin rangda, boʻsh joyida esa shahodat yozilgan. Yozuvlar orasiga himoya tumori boʻlgan „Fotimaning qoʻli“ (Hamsa) ustidagi oltin yarim oy va besh qirrali yulduz oʻrnatilgan. Matoning chegarasi qora bezakli toʻq sariq rangda edi. Mil yashil boʻlib, tepasida oltin yarim oy edi[1][3][2].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

BNSR bayrogʻining rasmiy talqini

Bayroq 1868-yilda amir Muzaffar tomonidan tasdiqlangan. Koʻp oʻtmay, xuddi shu yili Buxoro amirligi Rossiya imperiyasining vassaliga oʻtib, uning protektorati maqomini oldi. Mustaqillik boy berilganidan keyin ham bayroq amirlikning ramzi sifatida foydalaniladi. Bu bayroqdan Buxoro amirligining keyingi amirlari: Said-Abdul-Ahad-xon va Said Olimxon ham foydalangan. 1920-yil 2-sentabrda Qizil Armiya va Yosh buxoroliklar Buxoroni bosib oldilar, 8-oktabrda Buxoro Xalq Sovet Respublikasi eʼlon qilindi. Amir va uning hukumati Buxoro amirligining sharqiy qismiga, soʻngra Afgʻoniston amirligiga qochishdi[4].

Buxoro amirligi hududida sovet hokimiyati oʻrnatilgach, amir bayrogʻi bekor qilindi, uning oʻrniga boshqa bayroq ishlab chiqildi. 1921-yil 23-sentabrda boʻlib oʻtgan ikkinchi Umumbuxoro qurultoyi Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Konstitusiyasini qabul qildi va tasdiqladi, uning 79-moddasida BXSR bayrogʻi tasvirlangan:[1][5][2][6] :

B.N.S.R davlat bayrogʻi ikkita parallel tikilgan matodan tashkil topgan: ustki qismi yashil va pastki qismi qizil rangda, ularning oʻrtasida oltin oʻroqda yarim oy tasviri, uning ichida oltin besh qirrali yulduz ifodalangan. Yuqori yashil matoda uning chap burchagida milga yaqin joylashgan B.N.S.R. harflari mavjud.

1924-yilda SSSR Oʻzbekiston SSR, Turkmaniston SSR va Tojikiston ASSR oʻrtasida BXSR hududini milliy-hududiy chegaralashni amalga oshirdi. Ushbu milliy-hududiy chegaralash natijalariga koʻra, BXSR va uning bayrogʻi bekor qilindi va uning oʻrniga yangi ittifoq respublikalarining bayroqlari ishlab chiqildi[1][2].

Hozirda Buxoro tarix va oʻlkashunoslik muzeyida XX-asr boshlariga mansub Buxoro bayrogʻi saqlanmoqda: qizil hoshiyali toʻq yashil mato, unda "Fotimaning qoʻli, oq yarim oy va uchta besh qirrali yulduz tasvirlangan[1][2][7].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Flagi Uzbekistana: Buxara.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 Flagi Buxari
  3. W.Trembicky. Flags of Non-Russian peoples under Soviet Rule, The Flag Bulletin, Lexington, 1969 — 121 bet. 
  4. Put Buxari i Xivi k sotsializmu (Istoriya Buxarskoy i Xorezmskoy narodnix sovetskix respublik), M., 1967
  5. К.А.Иванов. Флаги государств мира, 1971 — 25-26 bet. 
  6. Konsitutsiya Buxarskoy Narodnoy Sovetskoy Respubliki. Statya 79.
  7. „Интересные факты о флагах: Флаг Бухарского Эмирата“. 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-iyul.