Buxoro-Toshkent-Bishkek-Olmaota (gaz yoʻli)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Buxoro—Toshkent—Bishkek—Olmaota gaz yoʻli - Buxoro (Muborak)dan boshlanib Olmaota shahrida tugaydi. Uzunligi 1324 km. 196465-yillarda qurilgan. 530—1220 mm li quvurlar yotqizilgan. Gaz yoʻli 2, ayrim joylarda 3 izli qilib qurilgan. Oʻzbekistonning janubi va gʻarbidagi konlardan olinadigan gazni Oʻzbekistondagi, shuningdek Qirgʻizistonning shimoli va Qozogʻistonning janubidagi isteʼmolchilarga yetkazib berishga xizmat qiladi. Loyiha quvvati yiliga — 28 mlrd. m3. Bu gaz yoʻlining Oʻzbekiston hududidagi qismini kengaytirish ishlari olib borilmoqda (2000).