Buvaki

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Buvaki — xoʻraki va vinobop mahalliy uzum navi. Tupi kuchli usadi. Guli ikki jinsli. Bu navning Tosh va Nor buvaki nomli xillari bor. Bargi katta (diametri 18—22 sm), toʻgarak, besh boʻlakchali, toʻq yashil, yaltiroq, bir oz yuqoriga qayrilgan, cheti arra tishli. Uzum boshi katta (boʻyi 20—28 sm), uzunchoq konussimon, oʻrtacha tigʻiz, ogʻirligi 250—300 g . Gʻujumi oʻrtacha (16–18 mm), dumaloq, och yashil, sargʻish, sershira, poʻsti qalin. Tosh buvaki gʻujumining sirtida qoramtir nuqtalari borligi bilan Nor buvakidan ajralib turadi. Sentabr boshlarida pishadi. Tarkibidagi qand 20—22%, hosildorligi 150—180 s/ga. Sugʻoriladigan tipik boʻz tuproqdi va lalmikor yerlarda yaxshi oʻsadi. Sovuqqa chidamsiz. 1930 yildan Oʻzbekistonda Buxoro va Samarqand viloyatlarida yetishtiriladigan B.dan "Buvaki" desert oq markali (navli) vino tayyorlangan, xonadonlarda aʼlo sifatli shinni pishirilgan. B. qishda saqlashga ham yaroqli boʻlgan. 60- yillardan boshlab ekiladigan navlar roʻyxatidan chiqarib yuborilgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil