Butunjahon hayvonlarni himoya qilish jamiyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Butunjahon hayvonlarni himoya qilish jamiyati BHHJ (inglizcha: World Animal Protection) hayvonlarni himoya qilish boʻyicha xalqaro notijorat tashkilot boʻlib, 150 dan ortiq mamlakatlarda faoliyat yuritadi va o‘z ichiga 900 dan ortiq tashkilotlarni birlashtiradi[1].

Butunjahon hayvonlarni himoya qilish jamiyatining Avstraliya, Braziliya, Kanada, Kolumbiya, Kosta-Rika, Daniya, Germaniya, Niderlandiya, Yangi Zelandiya, Tanzaniya, Tailand, AQSh va Buyuk Britaniya kabi nufuzli davlatlarda  13 ta vakolatxonasi bo‘lib, uning asosiy ofisi Londonda joylashgan.

Yaratilish tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Butunjahon hayvonlarni himoya qilish jamiyati 1981-yilda hayvonlarni himoya qilish bo‘yicha ikkita jamiyat  — 1950-yilda tashkil etilgan Butunjahon hayvonlarni himoya qilish federatsiyasi (WFPA) va 1959-yilda tashkil topgan Hayvonlarni himoya qilish xalqaro jamiyati (ISPA) birlashishi natijasida tashkil etilgan.

Jamiyat siyosati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Butunjahon hayvonlarni himoya qilish jamiyati o‘z maqsadini hayvonlar farovonligi qadrlanadigan va shafqatsizlikka barham berilgan dunyoda ko‘radi, Butunjahon hayvonlarni himoya qilish missiyasi hayvonlarni himoya qilish global harakatini yaratishdir.

Kampaniyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Butunjahon hayvonlarni himoya qilish tashkiloti tarkibida turli kompaniyalar mavjud bo‘lib, ular asosan hayvonlarga nisbatan shafqatsizlikka qarshi kurashadi, shuningdek, buqalarj angi, ayiq,  kit ovlash delfinlarni asirlikda saqlash hamda intensiv chorvachilik kabi shafqatsizlik va gʻayriinsoniy muomala turlariga qarshi individual ish olib boradi[2].

Shuni alohida taʼkidlash kerakki, mazkur jamiyat (World Animal Protection)  qisman ayiqlarni himoya qilish kampaniyalari bilan tanilgan. Ulardan biri 1992-yilda tashkil etilgan Libearty kompaniyasidir. Hozirda Butunjahon hayvonlarni himoya qilish tashkiloti ayiq dehqonchiligi, ularni ov qilish va ,,raqqos" ayiqlarning ekspluatatsiyasiga qarshi kurashmoqda. Bundan tashqari, jamiyat yetim qolgan ayiq bolalarini   reabilitatsiya qilish bilan shug‘ullanadigan jamoat tashkilotlariga o‘z maslahat va yordamlarini beradi, ularni moliyalashtiradi va ayiqlar saqlanadigan qo‘riqxonalar bilan ham hamkorlik qiladi. Faxr bilan aytish mumkinki, Butunjahon hayvonlarni himoya qilish kampaniyasi tashabbusi bilan bugungi kunda ayiqlarni o‘ldirishga qarshi kompaniyalar samarali faoliyat olib borib, bu qonli sport turi Pokistonda to‘xtatilishiga erishilgan.

Bundan tashqari, Butunjahon hayvonlarni himoya qilish jamg‘armasi hukumat organlariga maslahatlar berib boradi va hayvonlarning farovonligini yaxshilashga qaratilgan qonunchilikni talab qiladi. Uning Birlashgan Millatlar Tashkilotida imzolanadigan Hayvonlar farovonligi to‘g‘risidagi Butunjahon deklaratsiyasini qabul qilish bo‘yicha xalqaro kampaniyasi   hayvonlarni hurmat qilish va himoya qilishni taʼminlaydigan bir qator tamoyillarni o‘rnatishni o‘z oldiga maqsad qilib olgan.

Butunjahon hayvonlarni himoya qilish jamiyati shuningdek, hayvonlarni saqlab qolish va g‘amxo‘rlik qilishga bag‘ishlangan taʼlim dasturlari, jumladan, veterinarlar, uy hayvonlari egalari va bolalar uchun dasturlar ishlab chiqishni yo‘lga qo‘ygan.

Hayvonlarni qutqarish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Butunjahon hayvonlarni himoya qilish jamiyati muammoga duch kelgan hayvonlarga faol yordam beradi. Xususan, tabiiy ofatlar yoki urushlar qurbonlari bo‘lgan hayvonlarni qutqarib ularni reabilitatsiya qiladi. Ko‘pgina hayvonlar yo‘qolganda yoki egalari vafot etganda uysiz qoladilar va bu hayvonlar ko‘pincha oziq-ovqat, boshpana va tibbiy yordamga muhtoj bo‘ladi. Yovvoyi va qishloq hayvonlari ham ko‘pincha tabiiy ofatlarning taʼsiridan aziyat chekadi. Shunday ofatlardan biri Gaitidagi zilzila va 2008-yil Myanmadagi Nargis Sikloni bo‘lib, o‘shanda Jahon hayvonlarni himoya qilish tashkiloti boshqa hayvonlarni himoya qilish tashkilotlari bilan birgalikda jabrlangan hayvonlarga boshpana, oziq-ovqat va tibbiy yordam ko‘rsatishda ishtirok etgan.

Butunjahon hayvonlarni himoya qilish tashkiloti adashgan mushuklar va itlar uchun mobil sterilizatsiya tibbiy yordam ko‘rsatish muassasalarini moliyalashtiradi va qo‘llab-quvvatlaydi. Ayniqsa, adashib qolgan va boshqarish amaliyoti og‘ir bo‘lgan yovvoyi hayvonlar mamlakatlarida bu kabi ishlar doimiy amalga oshirilib kelinadi[3].  Jumladan, Lotin Amerikasida mazkur amaliyot keng qo‘llaniladi, sababi, otlarga ko‘chma shifoxonalar va tibbiy yordam ko‘rsatish borasida mazkur hudud aholida hayvonlarni yetarlicha parvarishlash borasida bilim va ko‘nikmalar hamda  mablag‘lar mavjud emas.

Butunjahon hayvonlarni himoya qilish jamiyati va Jahon mashhurlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

2009-yil 11-martda britaniyalik qo‘shiqchi Leona Lyuis Butunjahon hayvonlarni himoya qilish jamiyatini qo‘llab-quvvatlashini eʼlon qilgan. Keyinchalik, 2009-yil 26-oktabrda Leona Lyuis Butunjahon hayvonlar farovonligi deklaratsiyasini targ‘ib qilish kampaniyasida ishtirok etib, o‘z muxlislariga ushbu jamiyatni qo‘llab-quvvatlashlarini so‘rab videomurojaat yo‘llagan.

Jahon deklaratsiyasi kampaniyasini qo‘llab-quvvatlovchi AQSh yulduzlari:

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Hayvonlar huquqlari
  • Vita

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Making Humane Food Choices[sayt ishlamaydi] WomensRadio (ingl.)
  2. WSPA steps up farming drive Marketing. 05 July 2006.(ingl.)
  3. Animal welfare body revokes Asha Foundationʼs membership The Indian Express. May 03 2010

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Video kanallar[tahrir | manbasini tahrirlash]