Butkov karragi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Butkov karragi

Butkov karragi tasvirlangan pochta markasi
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Eukariotlar
Tip: Gulli o‘simliklar
Sinf: Ikki urugʻpallalilar
Turkum: Karrak
Oila: Murakkabguldoshlar
Binar nomi
Cousinia butkovii

Butkov karragi (lotincha: Cousinia butkovii) — murakkabguldoshlar oilasi, karrak turkumiga mansub ikki yillik gulli o‘simlik turi. O'zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kamyob, endemik tur sifatida kiritilgan. Samarqand viloyati Zarafshon tizmasi, Urgut tumani va Oqsoy qishlog‘i atrofida tarqalgan[1].

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Balandligi 40 sm gacha yetadigan ikki yillik o‘t o‘simlik. O‘q ildiz tizimiga ega. Poyasi yo‘l yo‘l chiziqli, sirti tuklar bilan qoplangan, ildiz bo‘g‘zidan shoxlanib ketgan. Barglari yashil, oddiy, chetlari tikansimon tishli, ustki va ostki tomondan tuklar bilan qoplangan. Poyaning pastki ildizga yaqin qismida joylashgan barglari patsimon bo‘lingan, bandi qisqa. Gullari tilsimon, bir jinsli urug‘chibarg va changchi alohida gullarda joylashgan. Shoxlarning uchida savatcha to‘pgullar o‘rnashgan. Gulqo‘rg‘on a'zolari qo‘shilgan. Gultojibarglari pushti yoki binafsharang tusda. Savatchasi yassi yumaloq, diametri 2,5-3,5 sm, tuklar bilan qoplangan. To‘pguli yashil o‘rama bargchalar bilan o‘ralgan. Hasharotlar yordamida changlanadi. May iyun oylarida gullab, mevasi iyul yoki avgust oylarida yetilib pishadi. Mevasi quruq, bir urug‘li pista. Urug‘i cho‘ziq tuxumsimon shaklda.

Tarqalishi va o‘sish sharoiti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tabiatda juda kam tarqalgan. Samarqand viloyati Zarafshon tizmasi, Urgut tumsni va Oqsoy qishlog‘i atrofida uchraydi. Tog‘larning o‘rta va pastki qismlaridagi jarliklarda va shag‘alli tuproqlarda o‘sadi. Chorva mollarining ko‘plab boqilishi va yem xashak sifatida yig'ib olinishi natijasida areali qisqarib ketgan[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Cousinia butkovii“.
  2. O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi I jild, 2019.