Bustamante kodeksi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xalqaro xususiy huquq kodeksi, Bustamante kodeksi ― sifatida ham tanilgan, xalqaro shartnoma boʻlib, uning maqsadi Amerikada xalqaro xususiy huquqni kodifikatsiya qilishdan iborat boʻlgan.

Kodeksni ishlab chiqish gʻoyasi 1928-yilda Kubada boʻlib oʻtgan 6-panamerika kongressida huquqshunos Antonio Sanches de Bustamante tomonidan taklif qilingan. Ushbu kongressda Gavana shartnomasi tuzilgan, uning ilovasi „Xalqaro xususiy huquq kodeksi“ boʻlgan.

Kodeks keng tarqalmagan; Qoʻshma Shtatlar muzokaralarda ishtirok etishdan bosh tortgan, Meksika va Kolumbiya shartnomani imzolamagan. Argentina, Urugvay va Paragvay xalqaro xususiy huquqda Montevideo deb ataladigan qoidalarga amal qilishga qaror qilishgan, boshqa davlatlar shartnomani turli shartlar bilan imzolaganlar.

Kodeks faqat shartnoma ishtirokchilari boʻlgan davlatlar oʻrtasidagi huquqiy xalqaro munosabatlarga taalluqli normalarga nisbatan qoʻllaniladi. Turli mamlakatlar tomonidan qoʻyilgan shartlar, asosan, ushbu kodeksning qoidalari tegishli davlatning ichki qonunchiligiga zid boʻlgan hollarda qoʻllanilmaslik holatlariga ishora qiladi.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]