Busefal

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Alexander and Bucephalus („Aleksandr va Busefal“) (rassom — Domenico Maria Canuti, 17-asr)

Butsefal (lotincha busephalus — „buqaboshli“; tax.mil. av. 355mil. av. 326) buyuk sarkarda va hukmdor Aleksandr Makedonskiyning sevimli tulpori.[1] Peshonasida buqaning boshiga oʻxshash oq qashqasi borligi uchun shunday nom olgan. 12 yoshligida otasi Filipp II tomonidan sovgʻa qilingan. Butsefalni faqat Aleksandr jilovlay olgan. Uni faqat sarkardaning oʻzi mingan boshqa hech kim undan foydalanmagan. Butsefal Aleksandr Makedonskiyga 15 yil xizmat qilgan (Kallisfen maʼlumoti). Aleksandr Butsefalni oʻzi bilan olib yurgan. Lekin janglarda asosan boshqa tulporlardan foydalangan. Mil.avv 326-yilda Hind hukmdori Por bilan boʻlgan jangda Butsefal halok boʻladi.

Aleksandr Makedonskiy sevimli otining xotirasi uchun hatto shahar qurdiradi. Bu shaharning xarobalari bugungi kunga qadar saqlangan va Pokistonning Jalolpur shahrida joylashgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Wasson, Donald. „The Bucephalus“ (2011-yil 6-oktyabr).