Kontent qismiga oʻtish

Burqutsoy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Burqutsoy, Otchisoy — Navoiy viloyati Nurota tumanidagi soy. Qoratogʻning janubiy yon bagʻridan (800 m), Burqut qishlogʻi yaqinidan boshlanadi. Uzunligi 18 km, havzasining maydoni 84 km². Yogʻin juda kam yogʻadigan past togʻlardan boshlanganidan Burqutsoy juda kamsuv. Soyda yogʻingarchilik paytidagina boshdanoyoq suv oqadi, boshqa vaqtlarda deyarli qurib qoladi. Burqutsoy Zarafshon daryosiga yetmasdan Oʻrtaovul va Bahrin qishloqlari yaqinida tugaydi. Burqutsoyga oʻngdan birgina Xonaqasoy irmogʻi quyiladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil