Buqa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Buqa — erkak qoramol. Gavdasi sigirga qaraganda balandroq, tana va koʻkragi keng, suyagi yoʻgʻon va mustahkam, terisi qalin, serharakat. Vazni sigirnikidan 30—40% ogʻir, Erkak buzoq urgʻochisiga nisbatan 3—5 kg yirik tugʻiladi, 6—8 oyda jinsiy voyaga yetadi. B. uchun zotdor, sogʻlom erkak buzoqlar tanlanadi. Sigirlarni qochirishda 14—18 oyligidan boshlab 6—8 yil, ayrimlaridan 12—14 yil foydalaniladi. B. yaylovda 40—50, qoʻlda qochirilganda 100—150 sigirni qochirishi mumkin. Sunʼiy usudda spermasi bilan 1000—3000, hatto 5000 sigirni urugʻlantirish mumkin. Sigirlarni qochirishda 2 yoshgacha boʻlgan B.dan oyiga 3—4 marta, katta yoshdagilardan haftasiga 2—3 martagacha foydalaniladi. B. spermasi (urugʻi) vaqtvaqti bilan tekshirib turiladi, sifatsizligi aniqlansa, qochirishga qoʻyilmaydi. B.lar uchun yaxshi sharoit yaratilib, protein, mineral modda va vitaminli ozuqalar bilan boqiladi. Ular yezda ochiqda, qishda maxsus binoda saqlanadi. Qochirishga yaroqsiz B.lar goʻshtga topshiriladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil