Kontent qismiga oʻtish

Bunon bin Muhammad Hammol

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bunon bin Muhammad Hammol, Abulhusayn Bunon bin Muhammad bin Hamdon bin Saʼid Misriy (vaf. 316 h.q./928 m. Misr) – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Abulhusayn Nuriyning ustozi. Junayd Bagʻdodiy, Ibrohim Xavvos va boshqa oʻz davrining mashhur shayxlari bilan suhbatda boʻlgan. Tajrid va tavakkul sohibi.

Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx haqidagi bobni aynan kiritgan[1][2].

  1. “Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat”. 
  2. “Nasoyim ul-muhabbat”.