Kontent qismiga oʻtish

Bundor Sheroziy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bundor Sheroziy, Husayn bin Muhammad Bin Muhallab (vaf. 353 h.q./964 m.) – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi va faqih. Kunyasi – Abulhusayn. Arrajon shahrida (hozirgi Erondagi Behbahon shahri) yashagan. Abubakr Shibliyning shogirdi. Abu Jaʼfar Haddod, Abulhusayn Jahzam Hamadoniy, Shayx Abu Zurʼa Tabariy bilan suhbatda boʻlgan. Abu Abdulloh Xafif Sheroziyning ustozi.

Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx haqidagi bobni qisqartirilgan holda kiritgan[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. “Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat”. 
  2. “Nasoyim ul-muhabbat”.