Abu Jaʼfar Haddod

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abu Jaʼfar Haddod – “Naso­yim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Ansoriy bergan maʼlumotga koʻra ikkita shayx Abu Haddod nomi bilan atalgan. Birinchisi – Abu Haddod Kabir bagʻdodlik va Junaydning yaqin safdoshlaridan boʻlgan. U Bundor bin Husayn Muhammad bin Muhallab Sheroziy, Ruvaym bilan uchrashgan. Zolim bin Muhammadning ustozi. Ikkinchisi – Abu Jaʼfar bin Bukayr Haddod Misr ahlidan boʻlib, Abu Haddod Kabirning shogirdi. Abu Jaʼfar Muʼoz Misriy va Ibn Ato bilan uchrashgan. Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx hayotiga bogʻliq bobni aynan kiritgan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at". "Sharq" NMAK, 2016.