Kontent qismiga oʻtish

Buagilber, Per Lepezan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Per Lepezan Buagilber ( fransuzcha: Pierre Le Pesant de Boisguilbert ) - Fransiyada klassik siyosiy iqtisod asoschisi.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Per Buagilber 1646-yilda norman zodagoni va huquqshunos oilasida tug'ilgan. Yoshligida u o'sha davr uchun mukammal bo'lgan ta'limni olgan va otasi kabi advokat bo'lgan. Parijga borganidan so'ng Buagilber asosan adabiyot bilan shug'ullanadi. Qadimiy tillardagi bir nechta qo'lyozmalarni fransuz tiliga tarjima qiladi, 1674-yilda Shotlandiya qirolichasi Mariya Styuart haqida yozgan tarixiy yilnomasini nashr etadi.

1677-yilda Buagilber Normandiyada sudya sifatida ma'muriy lavozimda ishlaydi. 1689-yilda esa Ruan sud okrugi general-leytenantining daromadli va nufuzli lavozimini egallaydi.O‘zining ilk islohot g'oyalarini 50 yoshida e’lon qilib, 1695-1696-yillarda «Fransiyaning ahvolining batafsil tavsifi, iqtisodiy inqiroz sabablari va qayta tiklashning samarali usullari yoki qisqa vaqt ichida soliqlarni yig'ish va xalqni boyitish». Buagilberning birinchi kitobi, merkantilizmning iqtisodiy siyosatini o'z ichiga olgan keskin tanqidlarga qaramay e'tibordan chetda qolib ketdi.

1707-yilda Buagilber o'zining ikki jildlik "Fransiya ayblovi" asarini nashr etdi. Hukumatni qattiq tanqid qilgani uchun kitob taqiqlangan, muallif esa viloyatlarga surgun qilinadi. Shunga qaramay, Buagillber o'z asarini uch marta qayta nashr etdi va hukumatga qarshi hujumlarni asar tarkibidan chiqarib tashladi. Hayotining so'nggi kunlarigacha hukumat vazirlarini qo'llab-quvvatlamadi va ko'plab tanqidlarga uchradi.

Iqtisodiyotga qo'shgan hissasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Buagilber iqtisodiy nazariya fanida birinchi bo'lib bozor muvozanatidagi narxlar aynan bir nisbatga mos kelishini aniqladi. Bu nisbat ishlab chiqaruvchining mahsulotni boshqa ishlab chiqaruvchidan sotib olishi bilan ifodalanadi, ma'lum bir korxona ishlab chiqargan tovarni to'g'ridan-to'g'ri yoki bilvosita boshqa ishlab chiqaruvchilar sotib oladi. Buagilber barcha ishlab chiqaruvchilar o'z xarajatlarini qoplaydigan tovar narxini "proporsional narxlar" deb ataydi.

Buagilbert g‘oyalarini Richard Kantillon yanada rivojlantirdi. Buagilber fransuz iqtisodiy tafakkuriga katta hissa qo'shdi, buni Fransua Kene, Jan-Batista Sey, Simon de Sismondi, Pyer-Jozef Prudon, Léon Valras va Moris Alle asarlarida yaqqol ko‘rish mumkin..

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]