Bronxoektatik kasallik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Bronxoektatik kasallik, bronxoektazlar (bronx va yun. ektasis — choʻzilish) — nafas aʼzolari kasalligi, bronxlarning kengayishi (bronxoektaz) bilan kechadi. Tugʻma (kup bronxoektazlar) va bronxlar devorining yalligʻlanishi (oʻpka s ili, koʻkyoʻtal, surunkali bronxit, zotiljam, gripp va boshqalar) tufayli orttirilgan bronxoektazlar farq qilinadi. Bronxoektatik kasallik da bronxlardagi yalligʻlanish jarayoni oʻpka, yurak, buyrak va boshqa aʼzolar faoliyatiga ham taʼsir qiladi. Dastlab kasallik sezilmasligi mumkin, zoʻriqqanda bemorning eti uvishadi, isitmalaydi, yoʻtalib balgʻam tashlaydi, koʻpincha ertalab ogʻiz toʻla balgʻam keladi (sutkada 1 l gacha), u qoʻlansa va yiringli boʻladi. Bronxoektatik kasallik uzoq davom etib, koʻpincha avj olib boradi. Unga tashhis qoʻyish uchun bronxografiya oʻtkaziladi. Kasallikka xos dastlabki belgilar paydo boʻlganda, darhol vrachga murojaat etish kerak. Aks holda yuraktomir tizimi va buyrakda turli asoratlar yuzaga kelishi va bemorning ish qobiliyati pasayishi mumkin. Kasallik xuruj kilganda bemor kasalxonada davolanadi. Organizmning umumiy kuvvatini oshiruvchi dorilar buyuriladi, iqlim bilan davolash, zarur boʻlsa jarrohlik usuli qoʻllaniladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil