Kontent qismiga oʻtish

Bris Oligi Ngema

Vikipediya, ochiq ensiklopediya


Bris Oligi Ngema
fransuzcha: Brice Clothaire Oligui Nguema
(2024)

Bris Kloter Oligi Nguema (fransuzcha: Brice Clothaire Oligui Nguema) – gabonlik harbiy va davlat arbobi, armiya generali, Gabonning muvaqqat prezidenti, institutlarni oʻtish davri va qayta tiklash qoʻmitasi raisi[1][2] va Gabon Respublika gvardiyasi bosh qoʻmondoni[3][4].

Gabon Respublika gvardiyasi qoʻmondoni sifatida u 2023-yil 30-avgustdagi harbiy toʻntarishda muhim rol oʻynagan. Bris Oligi prezident Ali Bongo agʻdarilgach, amaldagi davlat rahbari hisoblanadi.

Bris Oligi Nguema 1974- yoki 1975-yilda Bateke (onasi) va Fang (otasi) oilasida tugʻilgan[5]. U, Bongo singari, Gabonning sharqiy qismidagi Yuqori Ogouedan dunyoga keladi[6]. Oligi hokimiyatdan agʻdarilgan prezident oilasining aʼzosi hisoblanadi[7]. Uning onasi prezident Umar Bongoning amakivachchasi edi[8][9].

Uning otasi ham harbiy xizmatchi boʻlgan[2]. Oligi asosan onasi va uning oilasi tomonidan Yuqori Ogoveda tarbiyalangan[6]. Umar-Bongo universitetida tahsil olgan.

Oligi Marokashdagi Meknes Qirollik Harbiy Akademiyasida tahsil olgan[2][6][7][10]. U 2009-yilgacha prezident Omar Bongoning yordamchisi boʻlib xizmat qilgan[2][7].

Harbiy attashe

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2009-yilgi prezidentlik saylovlarida Ali Bongo gʻalaba qozonganidan soʻng, Bris Oligi Nguema Gabonning Marokashdagi, keyinroq Senegaldagi elchixonalarida harbiy attashesi etib tayinlandi, uning oʻzi bu tayinlovlarni „surgun“ deb taʼriflaydi[2][6][7][11].

Gvardiya qoʻmondoni

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yil oktabr oyida u Gabonga chaqirilib, u yerda Ali Bongo Ondimbaning oʻgay akasi[12] polkovnik Frederik Bongo oʻrniga Respublika gvardiyasi razvedka xizmati, Maxsus xizmatlar bosh boshqarmasi boshligʻi[2][6][13] lavozimiga tayinlangan[13]. 2019-yil aprel oyida brigada generali lavozimiga koʻtariladi[6].

Oligi 2020-yil aprel oyida sobiq prezident Ali Bongoning amakivachchasi general Greguar Kun oʻrniga Gabon Respublika gvardiyasi qoʻmondoni etib tayinlanadi[2][14][15]. U Prezidentga qarashli maxsus boʻlinmada sezilarli islohatlar oʻtkazib – maxsus boʻlinmani zamonaviy jihozlar bilan jihozlab, xodimlar sonini 30 dan 300 taga yetkazadi[2][13]. U, shuningdek, „Men oʻz prezidentimni sharaf va sadoqat bilan himoya qilaman“[7][13] jumlalarini oʻz ichiga olgan qoʻshiq yozadi.

Gabon yuqori doiralarida u millioner sanaladi[7]. Korruptsiya va uyushgan jinoyatchilikni oʻrganish markazi tomonidan 2020-yilda oʻtkazilgan tergovga koʻra, Bris Oligi Qoʻshma Shtatlarda qiymati 1 million dollardan ortiq boʻlgan bir nechta mulkka ega ekanligi aytiladi[2][7]. Uning oʻzidan bu bitimlar haqda soʻrashganda u bu „shaxsiy masala“ ekanini aytadi.

Oligining hokimiyatga kelganidan soʻng birinchi qadamlaridan biri sobiq prezident Ali Bongoning oʻgʻli Nuriddin Bongo kabi korruptsiyada gumonlanuvchilarni qoʻlga olishdan boshlandi.

Bongo rejimi rasmiylari va Oligi bilan muloqotda boʻlgan boshqa shaxslar uni „juda aqlli va gaplashish oson“, „taʼsirchan“ va hech qachon ovozini koʻtarmaydigan, hammani tinglaydigan va doimo murosaga erishmoqchi boʻlgan konsensus odam deb taʼriflashadi.

2023-yilgi harbiy toʻntarish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2023-yilgi Gabondagi davlat toʻntarishi natijasida prezident Ali Bongo hokimiyatdan chetlashtirilgach, Oʻtish davri va institutsional qayta qurish qoʻmitasi davlat televideniyesi orqali efirga uzatilgan eʼlonda Oligini Gabonning muvaqqat prezidenti etib tayinladi[3][16]. Keyin uni shod-xurram harbiylar yelkasiga koʻtarib „Prezident“ deb atashadi.

Oʻsha kuni u Monde jurnaliga bergan intervyusida Bongoni „nafaqaga chiqqan“ deb atadi va 2018-yilda Bongo insultidan keyin mamlakatda kuchayib borayotgan norozilik, uchinchi muddatga saylanish qarori tufayli harbiylar davlat toʻntarishi uyushtirganini aytdi[17]. Keyinchalik uning muvaqqat prezident etib tayinlanishi boshqa generallar tomonidan tasdiqlandi[16][18], xunta vakili Oligi 4-sentyabr kuni Konstitutsiyaviy sud qarorgohida rasman „oʻtish davri prezidenti“ lavozimini egalladi[19].

  1. „Генерал Нгема назначен временным президентом Габона после переворота“ (en). Anadolu Agency (2023-yil 30-avgust).
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 2,6 2,7 2,8 „Габон: кто такой генерал-путчист Брис Олиги Нгема, новый лидер страны?“ (fr). LEFIGARO (2023-yil 30-avgust). Qaraldi: 2023-yil 3-sentyabr.
  3. 3,0 3,1 „Кто такой Брис Клотер Олиги Нгема, генерал, возглавляющий переходный период в Габоне?“ (fr). Cameroun Actuel (2023-yil 30-avgust).
  4. Kané Agbehonou. „Кто такой Брис Олиги Нгема, генерал, возглавивший государственный переворот в Габоне?“ (fr). AfrikBuzz (2023-yil 30-avgust). 2023-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-sentyabr.
  5. „Переворот в Габоне: генерал Олиги возглавляет атаку, поскольку соперничество кланов Бонго достигает точки кипения“ (en). Africa Intelligence (2023-yil 30-avgust).
  6. 6,0 6,1 6,2 6,3 6,4 6,5 „Генерал Брис Олиги Нгема, человек, назначенный возглавить Габон после переворота“ (en). France 24 (2023-yil 31-avgust). Qaraldi: 2023-yil 3-sentyabr.
  7. 7,0 7,1 7,2 7,3 7,4 7,5 7,6 „Кто такой Брис Олиги Нгема, временный лидер Габона?“ (en). Al Jazeera (2023-yil 30-avgust).
  8. „В Габоне – Брис Олиги Нгема, новый силовик из клана Бонго“ (fr). La Croix (2023-yil 31-avgust). Qaraldi: 2023-yil 3-sentyabr.
  9. „Лидеры переворота в Габоне встретятся и решат судьбу Бонго и нового лидера“ (en). Al Jazeera (2023-yil 30-avgust). Qaraldi: 2023-yil 3-sentyabr.
  10. „Путч в Габоне: кто такой генерал Брис Клотер, сформированный в Академии Мекнеса?“ (fr). https://www.h24info.ma/ (2023-yil 30-avgust).
  11. „Государственный переворот в Габоне: кто такой генерал Брис Олиги Нгема, новый президент переходного периода?“ (fr). BBC News Afrique (2023-yil 31-avgust).
  12. „Габон: отстранение Фредерика Бонго Ондимбы вызывает переполох в Либревиле“ (fr). RFI (2019-yil 16-oktyabr).
  13. 13,0 13,1 13,2 13,3 „Габон, наш портрет генерала Бриса Олиги Нгемы“ (fr). Mondafrique (2023-yil 30-avgust).
  14. Report, Agency „JUST-IN: Col. Brice Nguema Is New Gabonese Leader, Replaces Ali Bongo“ (en-US) (2023-yil 30-avgust). Qaraldi: 2023-yil 30-avgust.
  15. Henriette Lembet. „Габон: Брис Клотер Олиги Нгема назначен главнокомандующим республиканской гвардии“ (fr). Gabon Media Time (2020-yil 3-aprel). 2023-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 4-sentyabr.
  16. 16,0 16,1 Jake Kwon, Jessie Yeung, Alex Stambaugh, Niamh Kennedy, Stephanie Halasz, Sana Noor. „Офицеры Габона объявили переворот и поместили президента под домашний арест“ (en). CNN (2023-yil 30-avgust). Qaraldi: 2023-yil 3-sentyabr.
  17. „Генерал, возглавивший переворот в Габоне, заявил, что президент Бонго в отставке“ (en). Le Monde (2023-yil 30-avgust).
  18. „Лидеры переворота в Габоне назначили генерала Бриса Олиги Нгему новым лидером“ (en-GB). BBC News (2023-yil 31-avgust). Qaraldi: 2023-yil 3-sentyabr.
  19. „В понедельник Габон приведёт к присяге главу переворота, «поэтапно внедрит» переходные институты“ (en-US). Barron's (2023-yil 31-avgust).