Adyutant
Qiyofa
(Adʼyutantdan yoʻnaltirildi)
Adyutant (lotincha adjutans — yordam beruvchi) — 1) boshliq (komandir, qoʻmondon) huzurida turli topshiriqlarni bajaruvchi harbiy xizmatchi (zobit). 2) podsho Rossiyasi armiyasida shtab va boshqarmalarda harbiy devon mutasaddisi boʻlgan zobit lavozimi (katta polk, batalyon va divizion A.i); XVII asr ikkinchi yarmida yasovul nomi bilan Rossiyada joriy boʻlgan, 1716-yil Harbiy Nizom bilan rasmiylashtirilgan; 3) monarx (podsho, imperator) huzuridagi harbiy mansablardan biri. General mansabidagi adyutant general-adyutant deb, zobit mansabidagi — fligel-adyutant deb atalgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |