Boykot

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hayvon huquqlarini himoya qiluvchilar Kentucky Fried Chicken taomxonasini boykot qilishga chaqirmoqdalar.

Boykot deb biror shaxs, tashkilot yoki davlatga eʼtiroz sifatida ular bilan tovar olish, sotish yoki ish koʻrishdan ixtiyoriy ravishda bosh tortishga aytiladi. Boykot isteʼmolchilar huquqlarini himoyalash yoki siyosiy sabablarga binoan qilinishi mumkin.

Boykot (ing . boycott, ingliz boshqaruvchisi Ch. K. Boykot nomidan olingan, 1880 y.da unga qarshi birinchi marta mazkur chora qoʻllanilgan edi) —1) siyosiy va iqtisodiy kurashning bir shakli, ayrim shaxs, tashkilot, korxona bilan munosabatlarni toʻliq yoki qisman toʻxtatish, mas, ishga yollanish, shu korxona mahsulotini harid qilishdan voz kechish kabilarni taqozo etadi.

2) Xalqaro munosabatlarda, BMT Ustaviga koʻra — tinchlikni saqlash maqsadida (qurolli kuchlarni ishlatmay turib) koʻriladigan majburiy choralardan biri. Davlatning bironbir davlat yoki bir guruh davlatlar bilan munosabatlarni saqlab turishdan voz kechishi. 3) (Kuchma maʼnoda) biror narsaga norozilik belgisi sifatida biror kimsa bilan munosabatlarni uzish. [1]


Boykot soʻzi XIX asrda yashagan britan kapitani Charles Boycott familiyasidan kelib chiqqan. Boycott qoʻli ostida ishlaydigan fermerlar eʼtiroz sifatida uning yerlarida dehqonchilik qilishdan bosh tortishgan edi.[2]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. Marlow, Joyce (1973). Captain Boycott and the Irish. André Deutsch, 133–142. ISBN 0-233-96430-4.