Boyazid Bastomiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhaddis

Ism

Muhammad ibn Salom Paykandiy

Tavalludi

801-yil

Vafoti

875-yil

Falsafa maktabi


Boyazid Bastomiy  — (801—875) — eronlik olim va muhaddis. Hazrat Boyazidning asli ismi Tayfur boʻlib, 801-yil tavallud topgan. Hazrat Boyazid Bastom (Erondagi shahar)da tug‘ilganlari bois Bastomiy nomi bilan mashhur bo‘lgan. Imom Abdurahmon as-Sulamiy (936—1021) oʻzining „Tabaqoti sufiyya“ asarida shunday maʼlumot yozgan: „Abu Yazid“ (Boyazid) Tayfur bin Iso Sarushon. Boyazidning bobosi Sarushon majusiylaridan bo‘lgan, keyinchalik islomni qabul qilgan. Ular uch aka-uka bo‘lganlar: Odam, Tayfur va Ali. Barchalari zohid, ulug‘ shayxlar qatoridan joy olganlar. Hammalari Bastom ahlidandirlar[1]“. U 113 ta pirdan saboq olgan. Lekin u zoti sharifdan sizning piringiz kim deb so‘ralganda, shunday javob bergan ekan: "Bir pirazan (kampir) durkim, bir kuni tavhid so‘nggi oliy maqomining ishorati g‘olibligidan sahroga chiqib erdim. Bir pirazan uchradi. „Bir qopdagi unimni uyimga yetkarub bergil“ — dedi. Va meni qopni ko‘tarmoqqa chog‘im yo‘q erdi bir sherni ishorat bilan keltirib, uni sherga yuklab berdim. Kampirga dedimki: „Shaharga borsang, kimni ko‘rdim dersan?“ Kampir dedi: „Bir zolim va takabbur kishini ko‘rdim, derman“. Men dedim: „Nega bundoq dersan?“. Kampir dedi: „Xudoyi taolo sherni insonga xizmat qilish uchun yaratmagan. Nega sen uni xizmatga taklif qilasan? Bu zulm bo‘lmaydimi?“. Men dedim: „Ore, bu zulmdur. Lekin nega takabbur deding?“ U dedi: „Aning uchunkim, sening xohishing ulki shahar ahli bilgaylarki, sher senga muteʼ, farmonbardor bo‘libdur. Sohib karomatsen. Bu takabburlik emasmu?“ Dedim: „Ore andoqdur! Zud tavba qildim va balanddan pastga tushdim“. Hazrat Boyazid Bastomiy 875-yilda vafot etgan boʻlib, Erondagi Bastom shahrida dafn etilgan. U yerda unga atab ulkan maqbara qurilgan. Hazrat Boyazid Bastomiy qadamjolari Buxoro, Navoiy viloyatlarida va boshqa shaharlarda ham mavjud. Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida Xoja Bo‘ston qadamjolari mavjud. Lekin Navoiy viloyati, Qiziltepa shahri, Bo‘ston Qo‘rg‘oni, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida Sulton Boyazid Bastomiyning qutlug‘ qadamjolari, masjidlari, ramziy qabrlari bor. Ushbu ziyoratgoh hozirgi kunda obod qilingan. Hozirgi kunda uing nomidagi jomeʼ masjidi namozxonlar ixtiyoriga berilgan[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Imom Abdurahmon as Sulamiy. Tabaqoti so’fiyya. Toshkent: Fan, 2004 — 102 bet. 
  2. Sadriddin Salim Buxoriy. Buxoroning tabarruk ziyoratgohlari. Buxoro: Durdona nashriyoti, 2012 — 291 bet.