BoyWithUke

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
BoyWithUke
Umumiy maʼlumot
Tavalludi aniq emas
25-avgust 2002-yil (2002-08-25) (21 yosh)
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Kasbi Qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis, prodyuser
Guruh Republic Records
Janr alt-pop

BoyWithUke (2002-yil 25-avgustda tugʻilgan) — taxallusli amerikalik alt-pop qoʻshiqchisi, musiqachi va internet shaxsi. U TikTok onlayn platformasida oʻzining eng koʻp tarqalgan „Toxic“ singli (2021) va ikkinchi eng mashhur „IDGAF“ singli bilan mashhurlikka erishdi. U platformadagi eng mashhur yuzsiz artistlardan biriga aylandi. Hozirda u Republic Records aʼzosidir.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-2021: TikTok va Toxicning boshlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

BoyWithUke 2020-yilda akasi platforma haqida bergan maʼlumotidan soʻng TikTokga videolar yuklashni boshlaydi[manba kerak]. Avvaliga uning videolari yaxshi oommalashmadi, 2021-yilgacha uning bir qancha videolari asosan, bir minutlik qoʻshiqlari yaxshi chiqa boshladi[1].

2021-yil sentyabr oyida BoyWithUke oʻzining „Toxic“ singlini oʻz ichiga olgan Faded kengaytirilgan pyesasini chiqardi. „Toxic“ TikTokda juda ham keng tarqaldi va platformada oltmish toʻqqiz mingdan ortiq videolarda namoyish etildi. Taxminan yarim milliard marta uzatilgan[2][3]. Singl Billboard Alternative Airplay chartlarida ketma-ket oʻttiz bir hafta davomida chartlarda 1-oʻrinni egalladi, bu Alternative Airplay tarixida 1-oʻrinni ketma ket olgan qoʻshiqlar orasida 6-oʻrinni egalladi[2]. Toxic British Phonographic Industry (BPI) tomonidan kumush va Recording Industry Association of America (RIAA) tomonidan platina sertifikatiga ega[4].

2021-2022: Republic records va Serotonin Dreams[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil oxirida BoyWithUke ovoz yozish studiyasi Republic Records bilan shartnoma imzoladi[5]. 2022-yilda u Serotonin Dreams albomidagi „IDGAF“ singlini Blackbear ishtirokida chiqardi[6]. U Republic Records ostida oʻzining „Serotonin Dreams“ debyut yirik albomini chiqardi[5]. U Billboard Alternative Airplay va Billboard 200 chartlarida 7-oʻrinda debyut qildi va „Toxic“ qoʻshigʻi asosiy singl sifatida taqdim etdi[2][7]. Albom chiqqandan soʻng BoyWithUke Billboard Emerging Artists oʻntaligiga kirdi[7].

2022-yil davomida BoyWithUke AJR hind-pop triosi uchun „OK Orchestra Tour“da ishtirok etdi.

MRC Data maʼlumotlariga koʻra, 2023-yil mart oyi holatiga koʻra, uning TikTokda yetti million obunachisi va Qoʻshma Shtatlarda deyarli ikki yuz ming stream obunachilari bor[7].

2023-Hozirgi kun: Antisocial and Out Of Reach[tahrir | manbasini tahrirlash]

BoyWithUke 24-fevral kuni Kengaytirilgan „Antisosial“ pyesini chiqardi, unda uchta qoʻshiq, xususan, avvalroq debyut qilingan „Rockstar“ singli bor edi, chunki boshqa ikkita qoʻshiq ilgari uning TikTokiga ozroq qismi qoʻyilgan „idtwcbf(friends“) va „Nosedive“ qoʻshiqlari edi. 2023-yil 7-aprelda BoyWithUke yana bir yangi singli, qaysiki uning TikTok-dagi bir necha daqiqali qoʻshiqlar seriyasining toʻliq versiyasi boʻlgan, „Out Of Reach“ singlini chiqardi.

Badiiylik[tahrir | manbasini tahrirlash]

BoyWithUke oʻzining anonimligini taʼminlash uchun ikkita katta LED chiroqli shaffof yuz qalqoni kiyadi[1]. Uning musiqasi ukulele atrofida joylashgan, lekin pianino kabi boshqa asboblarni ham oʻz ichiga oladi[3]. U Apple qurilmalari uchun bepul raqamli audio ish stantsiyasi boʻlgan GarageBandda iPadi orqali musiqasini oʻzi yaratadi[5].

BoyWithUke musiqasi „alternativ“ va „alt-pop“ deb taʼriflangan. Uning mashhur qoʻshiqlariga qoʻshimcha ravishda „Two Moons“, „Long Drives“, „Loafers“ va „Sick of U“ (Oliver Tree bilan duet) kiradi. Uning kam ommalashgan qoʻshiqlari orasida „Prairies“, „She Said No“, „Contigo“ va „Scared of The Dark“ shuningde, Fever Dreams albomidan „Psycho“, „Out of Tune“ va Melatonin dreams albomiga kiritilgan „Letter From my Bed“, „Lovely“, „Route 9“ kabilar bor.

BoyWithUke albomlari „Dreams Saga“dan iborat boʻlib, Melatonin Dreamsda depressiya va oʻz joniga qasd qilish fikrlari haqida koʻp gapiradi. Fever Dreams avvalgisiga qaraganda kamroq depressiyaga va oʻz joniga qasd qilishga asoslangan, deb aytiladi, lekin oxir-oqibatda oʻzining asosiy qadriyatlarini past darajadagi oʻzini oʻzi qadrlash va umumiy melanxolik va tushkun mavzularga qaratadi. Serotonin Dreams goʻyo uning „uygʻonishi“ va dostonning „Magnum Opus“i boʻlib, uning oldingisidan farqli oʻlaroq, Serotonin Dreams oʻzidan oldingilarning qadriyatlariga vaqti-vaqti bilan murojaat qilib, amalga oshirishga va umuman ijobiy qadriyatlarga eʼtibor qaratadi[manba kerak].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

BoyWithUke shaxsiy hayotining koʻp qismini maxfiy tutadi. U Massachusets shtatining Boston shahrida yashashini maʼlum qilgan. BoyWithUke toʻrt yoshidan boshlab klassik musiqa bilan shugʻullanishga majbur qilinganini, ammo keyinchalik uni tashlab ketganini aytgan. Buning ortidan u oʻrta maktabda musiqa yozish orqali musiqaga qayta kirib keldi[1][8]. BoyWithUke oʻzining shaxsiyatini yashirgan va hozir ham yashirib kelmoqda, chunki u odamlar uning tashqi koʻrinishiga emas, balki musiqa va isteʼdodiga eʼtibor berishlarini xohlaydi[1].

U oʻzining koʻplab qoʻshiqlarida, shu jumladan „Psycho“, „Out of Tune“ va „Sick of U“ albom posterlarida Tobi nomini ishlatgan[9][manba kerak].

Diskografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Albomlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Melatonin Dreams (22-yanvar, 2021-yil)
  • Fever Dreams (4-iyun, 2021-yil)
  • Serotonin Dreams (6-may, 2022-yil)

Pyesalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Trouvaille (5-mart, 2021-yil)
  • Faded (10-sentyabr, 2021-yil)
  • Antisocial (24-fevral, 2023-yil)

Singllari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Small Fry“ (2-aprel, 2021-yil)
  • „Toxic“ (29-oktyabr-yanvar, 2021-yil)[3]
  • „Long Drives“ (21-yanvar, 2022-yil)
  • „IDGAF“ (18-mart, 2022-yil)[10]
  • „Sick of U“ (30-sentyabr, 2022-yil)
  • „Rockstar“ (10-fevral, 2023-yil)
  • „Out Of Reach“ (7-aprel, 2023-yil)

Qoʻshimcha manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

BoyWithUke youtubeda

BoyWithUke Apple Music da

BoyWithUke Instagram da

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Olivier, Bobby (February 18, 2022). „Meet BoyWithUke, TikTok's Masked Singer Waking Up to Alt-Pop Stardom“. Billboard. Qaraldi: September 14, 2022.{{cite magazine}}: CS1 maint: url-status ()
  2. 2,0 2,1 2,2 Rutherford, Kevin (June 28, 2022). „BoyWithUke Notches First No. 1 on a Billboard Songs Chart With 'Toxic'. Billboard. Qaraldi: September 16, 2022.{{cite magazine}}: CS1 maint: url-status ()
  3. 3,0 3,1 3,2 Driever, Natalie „BOYWITHUKE - "TOXIC"“ (de) (2021-yil 26-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 16-sentyabr.
  4. „American single certifications – BoyWithUke – Toxic“ (en). Amerika ovoz yozish sanoati assotsiatsiyasi. Qaraldi: 2023-yil 19-fevral.
  5. 5,0 5,1 5,2 Billboard Staff (May 13, 2022). „21 UNDER 21: SEE WHO MADE THE 2022 LIST“. Billboard. Qaraldi: September 14, 2022.{{cite magazine}}: CS1 maint: url-status ()
  6. Mier, Tomás „Machine Gun Kelly Sings From a Cat Lady's Bedroom in 'Make Up Sex' Video“ (2022-yil 30-mart). — „Meanwhile, Blackbear recently joined BoyWithUke on “IDGAF” earlier this year.“. Qaraldi: 2022-yil 23-sentyabr.
  7. 7,0 7,1 7,2 Zellner, Xander (May 17, 2022). „Nate Smith Rules Emerging Artists Chart, Thanks to 'Whiskey on You' Single“. Billboard. Qaraldi: September 23, 2022.{{cite magazine}}: CS1 maint: url-status ()
  8. „Ones To Watch“ (en). Ones to Watch. Qaraldi: 2022-yil 16-oktyabr.
  9. User, Reddit „Who is Tobi? r/BoyWithAUke“ (2022-yil 7-oktyabr).
  10. „Ones To Watch“ (en). Ones to Watch. Qaraldi: 2022-yil 16-oktyabr.