Bouna Sarr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bouna Sarr
Sarr Marseille safida 2016-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Bouna Junior Sarr[1]
Tavallud sanasi 31-yanvar 1992-yil (1992-01-31) (32 yosh)
Tavallud joyi Lyon, Fransiya bayrogʻi Fransiya
Boʻyi 1.78 m[2]
Ampluasi O'ng qanot himoyachisi, Vinger
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Germaniya Bayern Munich
Raqami 20
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1998—2005 FC Gerland
2005—2009 Lyon
2009—2011 Metz
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2010—2014 Metz II 27 (8)
2011—2015 Metz 96 (7)
2015—2020 Marseille 136 (4)
2020- Bayern Munich 13 (0)
Milliy terma jamoa
2021- Senegal 13 (0)
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(5-mart uchun)

Bouna Junior Sarr (1992-yil, 31-yanvarda tugʻilgan) — Bundesliga Bayern Munich klubida oʻng qanot va qanot himoyachisi sifatida oʻynaydigan professional futbolchi. Fransiyada tugʻilgan, ammo Senegal terma jamoasini himoya qiladi.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fransiya Marseille[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sarr 2015-yilning 7-iyulida Marseille klubi bilan shartnoma imzoladi[3].

2018-yil, 3-may kuni u Yevropa Ligasi yarim finalida Red Bull Zalsburg klubi mehmoni boʻlib, safarda 1:2 hisobida magʻlub boʻldi, ammo umumiy 3:2 hisobida gʻalaba qozonib, 2018-yilgi UEFA Yevropa Ligasi finaliga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi[4]. 2018-yil, 16-may kuni Fransiyaning Desin-Sharpi shahridagi Olympique Parc Lion stadionida[5] Atletico Madridga qarshi oʻyinda maydonga tushdi.

Germaniya Bayern Munich[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil, 5-oktabrda Sarr Bundesliga klubi Bayern Munich bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi[6]. Sarr 15-oktabr kuni DFB-Pokalning birinchi davrasida Bayern Munich safida debyut qildi va klub beshinchi divizion jamoasi 1. FC Duren magʻlubiyatga uchratganida, yangi oʻyinchi Eric Maxim Choupo-Motingga ikkita golli uzatma berdi. Bayern Munich 3:0 hisobida gʻalaba qozondi[7]. 2021-yil, 25-avgustda u klub safida oʻzining birinchi golini xuddi shu musobaqada, faqat keyingi mavsumning birinchi davrasida, beshinchi divizion klubi Bremer SV qarshi 12:0 hisobida yakunlangan oʻyinda kiritdi[8][9].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sarr Fransiyada tugʻilgan, uning otasi senegallik va onasi gvineyalik[10]. U 2014-yilning dekabr oyida Gvineya terma jamoasidan chaqiruv olgan, biroq ularda oʻynamagan. 2018-yilning aprel oyi oxirida unga Senegal terma jamoasi murojaat qilgan va bu taklifni rad etgan[10]. Biroq, Sarr Senegal vakili boʻlishga qaror qildi, chunki u 2021-yil sentabr oyi oxirida Aliou Sisse tomonidan Namibiya, Togo va Kongoga qarshi boʻlib oʻtadigan 2022 FIFA Jahon chempionati saralash oʻyinlariga chaqirilgan edi[11][12]. U Senegal terma jamoasi safida 2021-yil, 9-oktabrda Namibiya ustidan 4:1 hisobida 2022-yilgi Jahon chempionati saralashida gʻalaba qozonishga yordam bergan[13]. Sarr 2021-yilgi Afrika Millatlar Kubogida ishtirok etish uchun Senegal terma jamoasiga chaqirilgan[14], u terma jamoa safida har bir oʻyinda maydonga tushgan va yakunda Misrga qarshi finalda jamoasi bilan gʻalaba qozongan[15].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil, 8-mart holatiga ko'ra[16]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Yevropa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Metz 2011-12 Ligue 2 9 1 1 0 0 0 10 1
2012-13 Championnat National 29 3 1 0 3 0 33 3
2013-14 Ligue 2 28 1 1 0 1 0 30 1
2014-15 Ligue 1 30 2 2 1 1 0 33 3
Jami 96 7 5 1 0 0 5 0 106 8
Marseille 2015-16 Ligue 1 25 2 3 0 3 0 2 1 33 3
2016-17 Ligue 1 26 0 1 0 0 0 2 1 29 1
2017-18 Ligue 1 29 0 3 0 15 1 1 0 48 1
2018-19 Ligue 1 29 1 1 0 6 0 1 0 37 1
2019-20 Ligue 1 27 1 4 1 0 0 1 0 32 2
2020-21 Ligue 1 2 0 0 0 0 0 0 0 2 0
Jami 136 4 12 1 24 1 7 2 179 8
Bayern Munich 2020-21 Bundesliga 8 0 2 0 5 0 0 0 15 0
2021-22 Bundesliga 5 0 1 1 5 0 1 0 12 1
2022-23 Bundesliga 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
Jami 13 0 3 1 10 0 1 0 27 1
Karyera jami 245 11 20 3 34 1 13 2 312 17
  1. „Squad List: FIFA Club World Cup Qatar 2020: FC Bayern München“. FIFA (1-fevral 2021-yil). Qaraldi: 25-fevral 2021-yil.
  2. „Bouna Sarr“ (olmoncha). FC Bayern Munich. Qaraldi: 11-dekabr 2021-yil.
  3. „Bouna Sarr est Olympien“ (fransuzcha). OM.net (7-iyul 2015-yil). 2019-yil 10-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-aprel 2018-yil.
  4. „FC Red Bull Salzburg 2–1 Marseille“. BBC Sport (3-may 2018-yil). Qaraldi: 3-may 2018-yil.
  5. „Lyon to host 2018 UEFA Europa League Final“. UEFA.com. Union of European Football Associations (9-dekabr 2016-yil). Qaraldi: 9-dekabr 2016-yil.
  6. „Bouna Sarr signs for FC Bayern“. FC Bayern Munich (5-oktabr 2020-yil). Qaraldi: 5-oktabr 2020-yil.
  7. „1. FC Düren 0:3 Bayern München“ (olmoncha). DFB (15-oktabr 2020-yil).
  8. „Bayern Munich win 12-0 in German Cup rout“. Yahoo Sport (25-avgust 2021-yil). 26-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-avgust 2021-yil.
  9. „Bremer SV 0-12 Bayern Munich“. BBC Sport (26-avgust 2021-yil). Qaraldi: 26-avgust 2021-yil.
  10. 10,0 10,1 „Le Sénégal a approché Bouna Sarr“ (fransuzcha). L'Équipe (27-aprel 2018-yil). Qaraldi: 28-aprel 2018-yil.
  11. „2022 WC Qualifiers-Senegal: Aliou Cissé calls up Bouna Sarr and Bamba Dieng“. sportnewsafrica.com (23-sentabr 2021-yil). 17-oktabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-sentabr 2021-yil.
  12. „Bouna Sarr finally joins Senegal!“. new.in-24.com (23-sentabr 2021-yil). 17-oktabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-sentabr 2021-yil.
  13. „FIFA“. FIFA (9-oktabr 2021-yil). Qaraldi: 10-oktabr 2021-yil.
  14. „Africa Cup of Nations 2021 squads“ (inglizcha). BBC Sport. Qaraldi: 8-fevral 2022-yil.
  15. „Mané scores decisive penalty as Senegal beat Egypt to win Africa Cup of Nations“ (inglizcha). the Guardian (6-fevral 2022-yil). Qaraldi: 8-fevral 2022-yil.
  16. „B. Sarr“. Soccerway. Qaraldi: 2020-yil 6-oktyabr.

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil, 29-dekabr holatiga ko'ra[1]
Milliy terma jamoa Yil Oʻyin Gol
Senegal 2021 4 0
2022 9 0
Jami 13 0

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Marseille

Bayern Munich

Senegal

  • Afrika Millatlar Kubogi: 2021[6]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Bouna Sarr“. National Football Teams. Benjamin Strack-Zimmermann. Qaraldi: 14-noyabr 2021-yil.
  2. „Atletico Madrid win Europa League with 3-0 victory over Marseille“. BBC Sport (16-may 2018-yil).
  3. „Bayern Munich crowned Bundesliga champions“. Bundesliga (8-may 2021-yil). Qaraldi: 8-may 2021-yil.
  4. „Robert Lewandowski double as Bayern Munich overcome Borussia Dortmund to win the German Supercup“. Bundesliga Official. Bundesliga. Qaraldi: 11-oktabr 2021-yil.
  5. „Pavard completes sextuple for dominant Bayern“. FIFA.com (11-fevral 2021-yil). 11-fevral 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-fevral 2021-yil.
  6. „Africa Cup Of Nations: Senegal Beat Egypt To Win Final (AFCON)“. Sports Illustrated (6-fevral 2022-yil). Qaraldi: 6-fevral 2022-yil.