Botir Temirov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Temirov Botir Daminovich
Tugʻilishi 5-sentabr 1948-yil(1948-09-05)
Fargona tumani
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Bilimi Fargʻona politexnika insitutini tugatgan.

Temirov Botir Daminovich (1948.9.5. Fargona tumani) — ilyur sanoat xodimi, mexanik muhandis, Oʻzbekiston Qahramoni (2005). Fargʻona politexnika institutini tugatgan (1989). Mehnat faoliyatini 1966-yilda Quvasoy tumani Hamid Olimjon nomidagi jamoa xujaligida kolxozchilikdan boshlagan. Fargʻona neftni qayta ishlash zavodida navbatchi chilangar (1971 — 75), kondensat yigʻish va bugʻ taʼminoti uchastkasi ustasi (1975 — 77), zavodning 1-sexi LCH-35/11-600 texnologik sexida mexanik (1991 —94), 1-texnologik sexi katta mashinisti (1994— 97), zavod texnika nazorati boʻlimining 1-toifali muhandisi (1997-99), 1-texnologik sex mashinisti ( 1999-2002), sex mexanigi (2002-yildan). T. yuqori oktanli avtomobil benzini ishlab chiqariladigan LCH-35/11-600 qurilmasining ishga tushirilishiga katta hissa qoʻshdi. Uskunalarning benuqson va toʻla quv-vat bilan ishlashi-da, uskunalardan foydalanish mud-datlarini uzaytirishda oʻziga xos tajriba maktabini yaratdi. T.ning katta bosimda ishlaydigan uskunalar klapanlarini taʼmirlash uchun maydoncha yaratish boʻyicha kiritgan ratsionalizatorlik taklifi katta miqdorda elektr energiyasi. issiqlik energiyasini tejash imkonnya-tini yaratdi.