Botir Ahmedov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Batyr Akhmedov
Statistikasi
Asl ismi Botirjon Abdullayevich Ahmedov
Vazni Yengil
Millati
Rus
Tavalludi 20-dekabr 1990-yil (1990-12-20) (33 yosh)
Qashqadaryo, O'zbekiston SSR

Botirjon Abdullaevich Axmedov (ruscha: Ботиржон Абдуллаевич Ахмедов </link> ; 1990-yil 20-dekabrda tugʻilgan), Botir Ahmedov Batuxan Gözgeç nomi bilan tanilgan[1] — rossiyalik professional bokschi. U ikki karra super yengil vazn toifasida jahon chempioni unvoniga daʼvogar boʻlib, 2019-yilda WBA (Regular) va 2022-yilda WBA chempionligi uchun kurashgan. Havaskor sifatida 2016-yilgi Olimpiadada Turkiya terma jamoasi sharafini himoya qilgan.

Havaskor boksdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Botir Ahmedov 2015-yilda Rossiyaning Checheniston Respublikasining Grozniy shahrida oʻtkazilgan Qodirov nomidagi xalqaro turnirda oltin medalni qoʻlga kiritgan. Shu musobaqa tufayli u sport mutaxasislarining nazariga tushgan[2][3].

Ahmedov 2016-yili Turkiyaning Samsun shahrida boʻlib oʻtgan boks boʻyicha Yevropa olimpiya saralash turnirida bronza medalini qoʻlga kiritgan, bu gʻalaba unga 2016- yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etishi uchun muhim boʻlgan yoʻllanmani bergan[4].

Professional boksdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ahmedov 2017-yilning 23-fevralida Rossiyaning Nijniy Tagil shahrida boʻlib oʻtgan Forumda Dmitriy Lavrinenkoni 3-raunddayoq texnik nokautga uchratgan. Bu Botir Ahmedovning professional ilk jangi va gʻalabasiga aylangan[5].

7-0 (6 KO) rekordini qayd etgach, u 2019-yil 28-sentyabr kuni Los-Anjelesdagi Staples Centerda (Kaliforniya) amaldagi WBA (Regular) super yengil vazn toifasi chempioni Mario Barrios bilan toʻqnash kelgan. Toʻrtinchi raundda raqibidan juda kuchli zarba oʻtkazib yuborganidan soʻng Ahmedov nokdaunga uchragan. Lekin Ahmedov oʻzini tiklab olishga muvaffaq boʻlgan ammo jangning oʻn ikkinchi raundda ikkinchi nokdaunga uchragan. Hakamlar qaroriga koʻraj angda Ahmedov bir ovozdan (UD) ymagʻlubiyatga uchragan koʻpchilik bu aqrorni bnotoʻgʻrideb bhisolashgan Jangda hakam Jeremi Xeys 116-111, hakam Tim Cheatham 115-111 va hakam Zakari Yang 114-112 hisobida Mario Barrios gʻalabasini qayd etishgan[6][7][8][9].

Oradan uch yil oʻtib, Ahmedov super yengil vazn toifasidagi jahon chempioni unvoni uchun yana kurash olib bora boshlagan, bu safar 2022-yilning 20-avgustida magʻlubiyatga uchramay kelayotgan Alberto Puelloga qarshi 12 raundli jangda WBA chempionligi uchun kurashga kirishgan. Puello Hakamlar qarori bilan jangda gʻalaba qozongan. Ikki hakam Puello uchun jangda 117-111, uchinchi hakam esa 115-113 hisobini qayd etgan[10]. Shu tariqa Ahmedov navbatdagi chempionlik bahsida magʻlubiyatga uchragan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „BoxRec: Batyr Akhmedov“. boxrec.com. Qaraldi: 2020-yil 9-may.
  2. „Batuhan Gözgeç Grozni'de Şampiyon Oldu“ (tr). Türkiye Boks Federasyonu. 2016-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 30-iyun.
  3. „Batuhan Gözgeç Rısya'da Şampiyon!“ (tr). Spor X (2015-yil 24-avgust). Qaraldi: 2016-yil 30-iyun.
  4. „Batuhan Gözgeç Rio biletini aldı“ (tr). TRT Spor (2016-yil 17-aprel). 2016-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 30-iyun.
  5. „BoxRec: Batyr Akhmedov vs. Dmitry Lavrinenko“. boxrec.com. Qaraldi: 2020-yil 9-may.
  6. Rafael. „WBA orders rematch between Barrios, Akhmedov“ (en). ESPN.com (2019-yil 12-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 9-may.
  7. Fischer. „Ring Ratings Update: Should Errol Spence drop in the pound-for-pound rankings?“. The Ring (2019-yil 3-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 9-may.
  8. „Errol Spence Jr v Shawn Porter: Texan wins IBF & WBC welterweight unification fight“ (en-gb). BBC Sport (2019-yil 29-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 9-may.
  9. O'Hara. „Barrios wins controversial unanimous decision against Akhmedov, wins vacant title“. Fight Nights (2019-yil 28-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 9-may. [sayt ishlamaydi]
  10. „Alberto Puello outlasts Batyr Akhmedov to win vacant 140-pound title“ (en-US). Boxing Junkie (2022-yil 21-avgust). Qaraldi: 2022-yil 24-sentyabr.