Nijniy tagil
Navigatsiya qismiga oʻtish
Qidirish qismiga oʻtish
Nijniy tagil - Rossiya Federatsiyasi Sverdlovsk viloyatidagi shahar (1917-yildan). Oʻrta Ural togʻlarining sharqiy yon bagʻrida, Tagil daryosi (Ob havzasi) boʻyida. Temir yoʻl tuguni. Aholisi 399,6 ming kishi (1998). Qora metallurgiya (metallurgiya k-ti va boshqalar), mashinasozlik, vagonsozlik, shuningdek, kimyo va koks-kimyo sanoatlari ("Uralximplast" ishlab chiqarish birlashmasi) rivojlangan, harbiy texnika ishlab chiqariladi. Mis rudasi qazib olinadi. Pedagogika instituti, 2 teatr, oʻlkashunoslik, tasviriy sanʼat va boshqa muzeylar bor. N.T.ga 1722-yilda asos solingan. Oʻsha yerda konchilik rivojla-nishi bilan vujudga kelgan.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |