Kontent qismiga oʻtish

Bosh koʻrsatkichi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Bosh ko‘rsatkichidan yoʻnaltirildi)

Bosh koʻrsatkichi — antropologiyada qoʻllaniladigan koʻrsatkich; bosh kengligining uzunligiga nisbati (foiz hisobida yuritiladi). Agar Bosh koʻrsatkichi 75,9 gacha boʻlsa — uzun bosh (dolixotsefal), 76,0 dan 80,9 gacha boʻlsa — oʻrta bosh (mezotsefal), 81,0 dan katta boʻlsa — dumaloq bosh (braxitsefal), deb ataladi. Bosh koʻrsatkichi ni shved anatomi A. Retsius (1842-yilda) taklif qilgan. Oʻtgan asrning 60—70- yillarida antropologiyada Bosh koʻrsatkichi oʻzgarmas irqiy belgi degan notoʻgʻri qarash hukm surgan edi. 19-asrda rus antropologi A. P. Bogdanov bosh suyagi tananing boshqa qismlari kabi davriy oʻzgaruvchanlikka ega ekanligini va mayda, ikkinchi darajali irklarni yoki lokal irklarni bir-biridan ajratishda taksonomik (tasniflash, sistemalash) ahamiyatga ega ekanligini aniqlab berdi (yana qarang Antropometriya).[1]

  1. "Bosh koʻrsatkichi" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil