Kontent qismiga oʻtish

Bosh koʻrsatkichi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Bosh koʻrsatkichi — antropologiyada qoʻllaniladigan koʻrsatkich; bosh kengligining uzunligiga nisbati (foiz hisobida yuritiladi). Agar Bosh koʻrsatkichi 75,9 gacha boʻlsa — uzun bosh (dolixotsefal), 76,0 dan 80,9 gacha boʻlsa — oʻrta bosh (mezotsefal), 81,0 dan katta boʻlsa — dumaloq bosh (braxitsefal), deb ataladi. Bosh koʻrsatkichi ni shved anatomi A. Retsius (1842-yilda) taklif qilgan. Oʻtgan asrning 60—70- yillarida antropologiyada Bosh koʻrsatkichi oʻzgarmas irqiy belgi degan notoʻgʻri qarash hukm surgan edi. XIX asrda rus antropologi A. P. Bogdanov bosh suyagi tananing boshqa qismlari kabi davriy oʻzgaruvchanlikka ega ekanligini va mayda, ikkinchi darajali irklarni yoki lokal irklarni bir-biridan ajratishda taksonomik (tasniflash, sistemalash) ahamiyatga ega ekanligini aniqlab berdi (yana qarang Antropometriya).[1]

  1. "Bosh koʻrsatkichi" OʻzME. B-harfi (Wayback Machine saytida 2019-12-11 sanasida arxivlangan) Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil