Antropometriya
Antropometriya (antropo va yun. metreo — oʻlchayman) — antropologiyaning tekshirish usullaridan biri. U odam organizmi aʻzolarining hamma belgilari (uzunligi, eni, qalinligi, shakli, rangi va hokazo) oʻzgarib turishini miqdoriy tomondan tavsiflab beradi. Olingan maʻlumotlar organizmning ayrim boʻlaklari (bosh, boʻyin, koʻkrak qafasi, qorin va chanoq qismlari, qoʻl va oyoqlar)ga taqqoslanib, oʻsishi yoki oʻzgarishi kuzatib boriladi. Uzunlik, kenglik va burchak belgilari Antropometriya asboblari (uchi doʻmboq sirkul, sirgʻanuvchi sirkul, koordinatali sirkul, odam boʻyini oʻlchovchi antropometr, burchakni oʻlchovchi goniometr va jagʻni oʻlchovchi mandibulometr va hokazo) yordamida oʻlchanadi. Tana, ayniqsa bosh, yuz, burun, labning oʻlchash mumkin boʻlmaydigan belgilari — rang va shakllari maxsus ishlab chiqilgan shkala va etalonlarga qarab aniqlanadi. Antropometriya maʻlumotlaridan kriminalistikada jinoyatchilarni tavsiflash va aniqlashda ham foydalaniladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |