Borjomi (shahar)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

BorjomiGruziyadagi shahar. Kura va Borjomi daryolari qoʻshiladigan yerda, dengiz sathidan taxminan 800 m balandlikda. Aholisi 10,546 kishi (2014). Yozi issiq (iyulning oʻrtacha temperaturasi 19°), qishi moʻtadil (yanv. ning oʻrtacha temperaturasi — 3°); yiliga 595 mm yogʻin tushadi. Yirik balneologik va iqlimiy kurort, temir yoʻl tuguni. Borjomida mineral suvni boshqa shaharlarga yuborish uchun butilkalarga quyish zavodi, teatr va oʻlkashunoslik muzeyi bor.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil