Boris Xudi-Xodorov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Boris Izrailevich Xudi-Xodorov
Tavalludi 17-yanvar 1922-yil
Vafoti 5-iyul 2014-yil(2014-07-05)
(92 yoshda)
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSRRossiya bayrogʻi Rossiya
Taʼlimi Toshkent tibbiyot instituti
Kasbi Shifokor
Unvoni Professor
Mukofotlari

Boris Izrailevich Xudy-Xodorov (1922-yil 17-yanvar, Kerch – 2014-yil, 5-iyul) – sovet va rus fiziologi. Biologiya fanlari doktori (1963), professor, SSSR Davlat mukofoti laureati (1985), Rossiya Federatsiyasida xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1994), Rossiya Tabiiy fanlar akademiyasining akademigi (1994). Membran biofizikasi va neyrofiziologiya boʻyicha milliy tadqiqot maktabining asoschilaridan biri[1][2].

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boris Izrailevich Xudi-Xodorov 1922-yil 17-yanvarda Kerch shahrida tugʻilgan. Oilasi bilan 1934-yilda Sevastopolga koʻchib oʻtishadi. 1939-yilda oʻrta maktabni imtiyozli diplom bilan tugatgandan soʻng, Boris Izrailevich Xudi-Xodorov Xarkov tibbiyot institutiga oʻqishga kiradi. Institutda birinchi yildan boshlab, normal fiziologiya kafedrasida tajribalar oʻtkaza boshlaydi. Urush boshlanganda, Boris Xudi-Xodorov oʻqiyotgan kurs Oʻrta Osiyoga evakuatsiya qilinadi, Shu sababdan Boris Toshkent tibbiyot institutida oʻqishini davom ettirdi. 1944-yil avgust oyida Xudi-Xodorov oʻqishni imtiyozli diplom bilan tugatdi. Keyinchalik 1-Belorussiya fronti artilleriya polkida katta shifokor sifatida Armiyaga safarbar qilingan. Boris Izrailevich ikki marta Qizil Yulduz ordeni va Vatan urushi ordeni va „Varshavani ozod qilgani uchun“, „ Berlinni egallagani uchun“, „Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“ medallari bilan taqdirlangan.

Boris Xudi-Xodorov Moskva davlat pedagogika instituti fiziologiya kafedrasida assistent boʻlib ishlagan. U 1949-yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan[2].

Boris Izrailevich Xudi-Xodorov 1953-yilda mamlakatda "Shifokorlar ishi " bilan bogʻliq „kadrlarni qayta tashkil etish“ga uchraydi. Natijada yigirma nafar yahudiy tadqiqotchilar bilan birga Xodorov ham ishdan boʻshatildi. U uzoq vaqt davomida Moskvada oʻz mutaxassisligi boʻyicha ishga joylasha olmaydi. 1957-yilga kelib Boris Izrailevich A. V. Vishnevskiy nomidagi Jarrohlik institutining katta ilmiy xodimi lavozimiga saylanadi va u yerda biofizik tadqiqotlar laboratoriyasini boshqaradi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]