Boris Gruzin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Boris Gruzin
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 30-iyun 1937-yil
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Rossiya bayrogʻi Rossiya
Kasbi dirijyor, professor
Faoliyat yillari 1963

Boris Efimovich Gruzin (1937-yil 30-iyun, Toshkent) – sovet dirijyori va pedagog, RSFSR xalq artisti.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boris Gruzin 1937-yil 30-iyunda Toshkentda (Oʻzbekiston SSR) tavallud topgan[1]. Oilasi 1945-yilda Novosibirskka koʻchib oʻtdi[2]. 1954–1958-yillarda Moskva konservatoriyasi qoshidagi Akademik musiqa maktabida tahsil oldi, fortepiano va musiqa nazariyasidan saboq oldi.

Gruzin 1963-yilda P. I. Chaykovskiy nomidagi Moskva konservatoriyasini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. U yerda uchta mutaxassislik boʻyicha tahsil oldi: opera va simfonik dirijyorlik, fortepiano va musiqa nazariyasi.

Efimovich 19631968 va 19761989-yillarda Novosibirsk akademik opera va balet teatrida xizmat qilgan. 19861989-yillarda teatrning bosh dirijyori boʻlgan. Boris 20 dan ortiq opera va balet spektakllarini ijro etgan.

M. I. Glinka (1986) va N. A. Rimskiy-Korsakov (1997, 1999) nomidagi xalqaro opera xonandalari tanlovlari hakamlar hay’ati aʼzosi boʻlgan.

Boris Efimovich 1969–1976 va 1989–1993-yillarda Odessa opera va balet teatrining bosh dirijyori boʻlib faoliyat yuritgan. 1991–1992-yillarda Odessa konservatoriyasida opera tayyorlash kafedrasini boshqargan[3].

Gruzin 1993-yildan beri Mariinskiy teatrida dirijyor boʻlib ishlaydi. Uning repertuarida 80 dan ortiq opera va balet spektakllari mavjud. Buyuk Britaniya, AQSh, Kanada, Germaniya, Avstriya, Gollandiya, Finlyandiya, Fransiya, Shveysariya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Italiya, Ispaniya, Avstraliyadagi teatrlarda dirijyorlik qilgan.

1996-yildan N. A. Rimskiy-Korsakov nomidagi Sankt-Peterburg davlat konservatoriyasi professor lavozimida ishlagan.

Boris 2000-yilda Londonning Kovent-Garden teatrida Mariinskiy teatriga gastrol safarida Mazeppa operasini boshqargan. Oʻsha paytdan boshlab dirijyor Buyuk Britaniya Qirollik baleti bilan doimiy hamkorlikni boshladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Борис Ефимович Грузин“. Академическое музыкальное училище. Qaraldi: 2018-yil 2-iyun. [sayt ishlamaydi]
  2. „Борис Грузин: с Новосибирским театром у меня кровная связь“. Новосибирский театр оперы и балета. 2017-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-iyun.
  3. „История кафедры оперной подготовки. Ефим Григорьевич Ефимов“. Одесская национальная музыкальная академия. 2018-yil 21-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-iyun.