Boqi Shig‘ovul

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Boqi Shig‘ovul - Boburning e’tiborli a’yonlaridan biri. Dibalpur viloyatiga hokim etib tayinlangan. Kistanqaro Sulton boshliq Shayboniylar qo‘shini Balxni qamal qilganda, Bobur shaharni himoya qilishga yordam berish uchun Boqi Shig‘ovulni yuborgan. U mudofaa maqsadlariga sarflash uchun katta mablag‘ bilan ta’minlangan (1525 y.). Milvatni egallaganda qo‘lga kiritilgan o‘ljalarning bir qismini Boburning qarindosh-urug‘lariga sovg‘a sifatida yetkazish ham Boqi Shig‘ovulga yuklatilgan (“B.”, 261a). Balxdan qaytib kelgandan so‘ng Boqi Shig‘ovul Boburning Gang sohillarida Shayx Boyazidga qarshi harbiy harakatlarda qatnashgan (1527 y.) U bir nechta bek bilan Saru daryosidan o‘tib, Shayx Boyazidni ta’qib qilib, uning ug‘rug‘ini qo‘lga kiritgan. Boqi Shig‘ovul keyinchalik Avad viloyatidagi qo‘shinga boshliq bo‘lgan (1528 y.). [1]

  1. Zahiriddin Muhammad Bobur ensiklopediyasi. SHARQ. -T.;2014